Şoir va yozuvçi Muhammad Ismoil 25 yoşli öğli 8 iyun kuni Ohangaron tumanida avtohalokatga uçragani haqida ma’lum qildi. Uning Facebook'dagi sahifasida yozişiça, öğlini yuqori tezlikda kelayotgan maşina piyodalar ötiş yölagida urib ketgan.

“... hammasi köz oldimda sodir böldi. Beş-olti kişi odamlar yölagi uçun çizilgan çiziq ustida ketayotgan edik. Bir maşina 300-400 metr naridan uçib kela boşladi. Men “töxta, töxta” işorasini qilib, qöl kötarib, hay-hayladim. Maşina tormozni ham bosmay, beş kişining ustiga özini soldi. Hamma har yoqqa otildi, maşina kelib öğlimni urdi, öğlim uç metr nariga uçib tuşdi. Hammasi köz oldimda sodir böldi. Voy-dod deb öğlimning ustiga özimni taşladim. Öğlimni kötaray desam, ikki oyoği osilib yotibdi. Ikki oyoğining suyaklari sinib ketibdi", – deya yozgan Muhammad Ismoil.

Foto: Muhammad Ismoil / Facebook

Ota öğlini 5 kundan beri Ohangaron şifoxonasidan Toşkent şahridagi Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam markaziga olib kelişga ojiz qolayotganini aytmoqda. Yozuvçining özi bilan boğlanganimizda hujjatbozlik işlari sabab bemorni malakaliroq şifoxonaga olib ötiş qiyin keçayotganini ma’lum qildi.

“Öşa kuni bolamni Ohangaron şahridagi markaziy şifoxonaga olib keldik. 2ta oyoği va 1 qöli singan holatda. Men ularning sohasini tuşunmayman, 5 kundan beri özimiz davolaymiz deb olib ötirişibdi. Lekin singan suyak iligidan yoğ ajralib çiqib, qonga borarkan. Qon yurib-yurib öpkaga borib, bu nafas olişni qiyinlaştirarkan. Hozir bolam nafas ololmay hirillab yotibdi. 3 marta ölimdan qoldi. Hozir mana şunaqa ahvolda, 5 kundan beri operatsiya ham qilinmagan”, – deydi yozuvçi.

Foto: Muhammad Ismoil

Bemorga RŞTYoIM Toşkent viloyati filialidan boş travmatolog Qodirov R.S. boş miyaning yopiq jarohati, boş miya çayqalişi, öng son suyagining örta uçligining yopiq siljib sinişi, çap boldir suyagining örta uçligidan sinib siljişi kabi bir qator taşxislar qöygan. Şuningdek taşxisda, bemorda nafas oliş yetişmovçiligining 2-3 darajasi ekani, hozirgi paytda transportirovka qilişga tavsiya qilinmasligi aytilgan.