KUN.UZ tahririyatiga joylardan turli murojaatlar kelib tuşmoqda. Ulardan biri diqqatimizni tortdi. Toşkent şahar, Şayxontohur tumani, «Zafarobod» mahallasi, General Uzoqov köçasi, 60-B uyda «Muhammad Ismoil» nomli masjid joylaşgan. Yoşi uluğ murojaatçilar masjid ança vaqtdan beri qarovsiz holda yotganligi, binosi esa sexga aylantirilganligini aytişdi.
Ijodiy guruhimiz bilan mazkur masjidni közdan keçirdik va nima uçun masjid ança vaqtdan buyon qarovsiz yotganligini suriştirdik.
Masjidning oçilişiga boş-qoş bölib, hujjatlarini kötarib yurgan otaxonning ta'kidlaşiça, bir vaqtlar hukumat «Zafarobod» mahallasi hududida yaşovçi otaxonlarning iltimos va istaklarini inobatga olgan va 6 sotix yer masjid uçun ajratilgan ekan. Ajratilgan yerda masjid qurilişi 1994 yildan boşlanib 2000 yil tugallangan. Masjid haşar yöli bilan barpo etilgan. 2006 yil uşbu masjid hujjatlari töliq bölmaganligi sababli yopib qöyilgan. Şundan söng, mahalla faollari, nomozxonlar şahar hokimiyatiga, tegişli taşkilotlarga murojaat qilgan. Lekin öşa vaqtda aniq javob ololmaganligini ta'kidlaşdi.
Közdan keçiriş jarayonida masjid köçaga yaqin, harakatlanişga qulay joyda joylaşganligining guvohi böldik. Masjidning içiga kirganimizda içki qismi ança vaqtdan beri qarovsiz bölganligi sababli betartib bölib ketgan. Tahoratxonalari yaroqsiz holatga kelib qolgan ekan.
«Bizga masjid ertaroq oçilsa, bizku yoşroqmiz yoşi uluğ namozxonlarimiz uzoqqa borişga qiynalişmoqda. Masjid qayta oçiladi deyişgandi. Oçilişi çözilib ketdi. Agar ruxsat berişsa, özimiz ham haşar yöli bilan bölsa-da ta'mirlardik.
Hozirda bu masjid şahar hokimining qarori bilan bir tadbirkorga berilibdi. Şu qaror böyiça bizlar qidirib-qidirib, tadbirkorning özini topdik. Nima harakat deb söraganimizda u kişi men bu yerda masjid quraman dedi. Bir, bir yarim oylarda işni boşlayman dedi. Lekin mana tört yarim oy böldi, haligaça boşlanmadi», - dedi murojaatçilar.












