Xiaomi brendi Mi5X modelining yangi rangda sotuvga çiqqani haqida e'lon qildi. 2 noyabrdan xaridorlar puşti, qora va tillarang smartfonlar bilan bir qatorda yorqin qizil rangli Mi5X'ni ham sotib olişlari mumkin böladi. Yangi qurilma hozirça faqat Xitoyda sotuvga çiqadi. U xaridorlarga 1499 yuan (225 AQŞ dollari)ga tuşadi.
Xiaomi Mi5X joriy yilning 26 iyulida namoyiş etilgan. 5,5 dyuymli Full HD-displeyga ega smartfon barmoq izlari skaneri va 12 megapikselli, optik yaqinlaştiriş hamda portret s'yomka funksiyasiga ega ikki kamera bilan ta'minlangan.
Ikki sim-kartali smartfon sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 625 çipseti bilan jihozlangan. U Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimida işlaydi. Smartfon 4 Gb operativ va 64 Gb içki xotiraga ega. Akkumulyator siğimi - 3080 mAs. Bundan taşqari, u G VoLTE, Wi-Fi, Bluetooth, GPS'ni qöllab-quvvatlaydi.












