Rossiya davlat dumasining LDPRdan vitse-spikeri Igor Lebedev 27 oktabrda Qirğiziston fuqarolariga Rossiya hududida avtomobil taşişlari sohasida qirğiz haydovçilik guvohnomalari bilan işlaşni taqiqlovçi tuzatişni körib çiqiş uçun kiritişini aytdi.

Iyulda Rossiya prezidenti Vladimir Putin qirğizistonliklarga Rossiya haydovçilik guvohnomalariga ega bölmagan holda transport boşqaruvi bilan boğliq mehnat faoliyatini amalga oşirişga ruxsat beruvçi qonunni imzolagandi.

"Öşanda siyosiy sabablargina tufayli şunday qilingan, çunki Qirğizistonda rus tili ikkinçi milliy til hisoblanadi. Biroq biz hozir qirğizlar Qirğizistonning Rossiyaga qarşi inqilobini milliy bayramga aylantirişganini körmoqdamiz. Biz buni davlatimizga nisbatan nodöstona qadam va bu qonunni qabul qilişda közda tutilgan siyosiy motivlar yöqqa çiqqan, deb hisoblaymiz. Şu sababli uşbu tuzatişni olib taşlaş kerak, qirğizlar imtihon topşirib, Rossiya haydovçilik guvohnomasini olsinlar", deb aytgan Lebedev.

Uning ta'kidlaşiça, u yangi tuzatmani fraksiya böyiça hamkasbi Yaroslav Nilov bilan  körib çiqiş uçun davlat dumasiga kiritadi. 

26 oktabrda Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev 7 noyabr – Oktyabr inqilobi kunini Ajdodlar tarixi va xotirasi kuniga qayta nomlaşga qaror qildi. Tegişli farmonda ta'kidlanişiça, bu qaror "1916 yilgi fojiali hodisalar va milliy-ozodlik inqilobi, 1917 yilgi Fevral va Oktyabr inqiloblari, sobiq ittifoq davridagi meros, 20-asrdagi siyosiy ta'qiblarga xolis tarixiy baho beriş va ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltiriş" maqsadida qabul qilingan.