Nega oxirgi paytda jahon naşrlarida Somali Respublikasida (Somaliya) aholining halok bölişi va ekstermistik harakatlar haqida köp xabarlar paydo bölmoqda? Parijda ikki kişining vafot etişi butun dunyoga yaşin tezligida şum xabar sifatida yetkazilsa, Somaliyada vafot etayotgan yuzlab fuqarolar oddiy holdek tasvirlanadi. Buning sababi nimada?

Somaliyada ijtimoiy vaziyat tang ahvolda qolmoqda

Somali Respublikasi Adan qöltiği orqali Yaman, şimol-ğarbda Jibuti, janubi-ğarbda esa Efiopiya Respublikasi bilan çegaradoş. Şuningdek, Somaliyada Hind okeaniga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati bor. Umumiy 637,657 kv.km maydonning 3,025 kv.km çiziği dengiz qirğoğiga töğri keladi. Mamlakatda 15 million kişi istiqomat qilsada, ularning bor-yöği 37 foizigina urban (şaharlaşgan) hududlarda yaşaydi. Somaliya xalqi asosan sunniy mazhabiga e'tiqod qilib, 85 foiz aholi somali tub-etnik guruhiga mansub. Bantu va arablarga mansub aholi arab tilida sözlaşadi. Şundan kelib çiqib, mamlakatda ikkita til rasman tan olingan.

Demografik körsatkiç açinarli darajada inqiroz köçasiga kirib qolgan. Eng avvalo, bunday vaziyatni aholining 26 foizini ayollar taşkil etişida köriş mumkin. Boşqa Afrika mamlakatlarida ham aholining savodxonlik darajasi dunyoning ayrim rivojlanayotgan davlatlaridan orqada bölsa, Somaliyada bu körsatkiç Afrika böyiça ham yomon natijani beradi. Ya'ni, aholining 37,8 foizi öqiş va yozişni biladi. Şuning barobarida ayollarning 25,8 foizi savodxonlik darajasiga ega. Bugungi kunda mamlakatda yuz berayotgan xunrezliklarning qisqa omillaridan biri - aholining savodxonlik darajasi pastligi, işsizlik va birlamçi tovarlarning yetişmasligi deb e'tirof etiş mumkin.

Buning ustiga, davlatda turli yuqumli, jumladan malariya, tifoid şamollaş, şitosomiazis, protozoal, bakteriyali diareya, gepatit A va Ye kabi kasalliklar keng tarqalgan. BSST (Butunjahon soğliqni saqlaş taşkiloti) taşkiloti ma'lumotiga köra, 5 yoşdan kiçik bolalarning 37 foizi nomutanosib vazn şaroitida ulğaymoqda.

Somaliya uruş köçasiga qanday kirib qoldi?

Foto: The Big Picture

Avvalo, Somali Respublikasini qanday tasavvur etişni kelişib oliş zarur. U siz öylagandan köra çigal holatda qolgan. 1960 yilgaça dunyoning qudratli davlatlari mustamlakasi bölib kelgan Italiya Somalisi va Britaniya Somalilend hududlari yagona va mustaqil Somali Respublikasiga birlaşdi. Uning birinçi prezidenti Abdulloh Usmon Daar sobiq Sovet ittifoqi bilan yaqin munosabatlarni yölga qöyiş maqsadida mamlakatda sotsializm qurilişini e'lon qiladi. Keyingi mamlakat rahbari Siyad Barri hokimiyatni harbiy töntariş natijasida qölga kiritib, tez orada qöşni mamlakatga çegara da'vosi bilan uruş e'lon qiladi. Efiopiyaning Ogaden viloyatini bosib oliş rejasi sovetlarga yoqmadi, bunda Efiopiyaning SSSR bilan ittifoqçi bölgani ham qöl kelib, şörolar efiopiyalik harbiylarga xayrixohlik bildira boşladi.