Marğilon şahrida qatnovda bölgan 1-, 3- hamda 4-yönalişdagi transport vositalarining yöl haqi 1 oktabrdan boşlab 50 foizga keskin oşib ketdi. Bundan norozi bölgan aholi KUN.UZ muxbirlariga murojaat qildi. 

Murojaatni örganişdan avval yoqilği yoki benzinni narxi oşib ketgandir, deb AYoQŞ va AGQŞlariga taşrif buyurdik. Ayni kunlarda benzin narxi 2800 söm, metan gaz narxi esa 1450 sömni taşkil etadi. Bundan körinib turibdiki, yoqilği narxi oşmagan. 

Marğilon şahar yölovçi taşiş transport işini boşqariş bölimi rahbari Nurillo Abilov bilan suhbatda böldik.

Abilov suhbat davomida Farğona viloyati hokimining 2015 yil 26-yanvarda şaharda yölovçi taşiş transporti xizmatlarining çeklangan tariflarni belgilaş töğrisida asosiy yoqilği-moylaş mahsulotlari narxlari va işlab çiqariş bilan boğliq bölgan xarajatlar miqdori oşganligini inobatga olib, şahar yölovçi taşiş transportida yölovçilar taşişning amalda şakllanayotgan xarajatlari qoplanişini ta'minlaş maqsadida Vazirlar Mahkamasining 08.09.1994 yildagi 455-sonli “Şaharda va şahar atrofida qatnaydigan yölovçi taşiş transporti xizmatining tariflari töğrisida”gi qaroriga hamda “Şahar yölovçilar transporti töğrisida”gi Qonunining 12-, 16-moddalariga asosan 2015 yil 26-yanvardagi 38-sonli qaroriga asosan şahar yölovçi taşiş transporti xizmatining çeklangan tarifi 1 nafar yölovçi uçun 600 söm miqdorida etib belgilanganligi, 2017 yilning şu kuniga qadar yöl haqi oşişi haqidagi qaror qabul qilinmaganligi, ayrim haydovçilar ayni kunda sun'iy ravişda yöl haqini özboşimçalik bilan oşirib olganligini aytib ötdi.    

Yölovçilardan tuşayotgan e'tirozlarni inobatga olib, ertadan boşlab Marğilon şahar DSI, Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati, IIB xodimlari bilan birgalikda qöşma tadbir ötkazilib, özboşimçalik bilan yöl haqini oşirib olgan haydovçilarning litsenziyalari bekor qilinadi.

Ahror Ziyo, Farğona