Brent markasidagi neft narxi 2015 yil 3 iyuldan beri birinçi marta bir barrel uçun 60 dollardan oşdi. Bundan 27 oktabrdagi London birjasidagi savdolar darak bermoqda.
Savdolar vaqtida neft narxi 60 dollar-u 3 sentni taşkil qilgan. Uning narxi deyarli 1 foizga oşgan.
Şu bilan parallel ravişda WTI nefti narxi ösmoqda. Uning narxi 53,41 dollarni va ösiş 1,46 foizni taşkil qilgan.
26 oktabrda Saudiya Arabistoni OPeKga kiruvçi va unga kirmaydigan davlatlarning neft qazib oliş hajmini qisqartiriş kelişuvini qöllab-quvvatlaşi ma'lum bölgan.

















