Uzunligi qariyb 302 metr bölgan kema Destin şahridan taxminan 40 kilometr janubi-ğarbda dengiz tubiga tuşiriladi. Loyiha taşabbuskorlari layner dengiz jonzotlari uçun yangi yaşaş muhitiga, ğavvoslar uçun esa yirik sayyohlik obyektiga aylanişiga umid qilmoqda.

Mahalliy hokimiyat hisob-kitoblariga köra, bu dayving anjomlari dökonlari, baliq ovlaş sayohatlarini taşkil etuvçi kompaniyalar va mehmonxonalarga har yili millionlab dollar daromad keltirişi mumkin.

Ilk reysdayoq rekord örnatgan kema

SS United States 1952-yildagi birinçi reysida Atlantika okeanini uç kun, 10 soat va 40 daqiqada kesib ötib, tezlik rekordini örnatgan. U Queen Mary laynerining avvalgi natijasini taxminan 10 soatga yaxşilagan.

Şu tariqa kema yölovçi laynerlarining eng tez transatlantik ötişi uçun beriladigan «Atlantikaning moviy tasmasi» mukofotini qölga kiritgan.

Biroq vaqt ötişi bilan yölovçilarning transport tanlovi özgargan va laynerga talab pasaygan. 1969-yilda, 17 yillik xizmatdan söng, u ekspluatatsiyadan çiqarilgan. Keyingi ön yilliklarda kema bir neça bor egasini almaştirib, asta-sekin yaroqsiz holga kelgan.

Qayta tiklaş rejalari nega amalga oşmadi?

Tarixiy meros himoyaçilari köp yillar davomida laynerni saqlab qoliş va tiklaşga uringan. Ammo uni taʼmirlaş va saqlaş xarajatlari juda katta bölgan.

Filadelfiyadagi priçal egasi bilan ijara haqi böyiça nizo esa kemani asraş bilan şuğullangan SS United States Conservancy taşkilotini uni sotişga majbur qilgan.

Laynerni Okalusa okrugi sotib olgan. 2025-yil 19-fevralda u Filadelfiyadan buksirda olib çiqilib, Alabama ştatidagi Mobil şahriga yöl olgan.

Ekologik xavotirlar ham bor

Ayrim ekologik taşkilotlar va olimlar kema korpusiga surtilgan, tarkibida rux xromati bölgan grunt qoplamasi Meksika qöltiği suvlarini ifloslantirişi mumkinligidan xavotir bildirgan.

Okalusa okrugi maʼmuriyati esa loyiha AQŞ Atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligi - EPA talablariga mos ekanini maʼlum qilgan. 2025-yil avgustda federal sud laynerni çöktirişning oldini oliş maqsadida kiritilgan daʼvoni rad etgan.