CGTN xabariga köra, har biri 500 metrlik sönggi juft pölat rels Siçuan va Yunnan provinsiyalari çegarasidagi Szyunlyan tunneliga yotqizilgan.
Bu işlar liniyani foydalanişga topşirişga tayyorlaşning muhim bosqiçi böldi. Temiryöl idoralari prognoziga köra, magistralni töliq işga tuşiriş 2027-yilning birinçi yarmiga möljallangan.
Liniya Çunsindagi Çunsinsi stansiyasini Kunmindagi Kunminnan stansiyasi bilan boğlaydi. Yönaliş Çunsin şahri, Siçuan, Guyçjou va Yunnan provinsiyalari hududidan ötadi.
Magistral murakkab geologik şaroitga ega Umenşan toğlarini kesib ötadi. Şu sababli yölning katta qismi köprik va tunnellardan iborat bölib, ularni quriş jiddiy muhandislik vazifalarini hal etişni talab qilgan.
Liniya töliq foydalanişga topşirilgaç, Çunsin va Kunmin örtasidagi safar vaqti taxminan 2,5 soatgaça qisqarişi kutilmoqda.
Çunsin - Kunmin magistrali Pekin - Kunmin temiryöl koridorining muhim qismi hisoblanadi. U Xitoyning sakkizta şimol–janub va sakkizta şarq–ğarb yönalişini qamrab olgan milliy yuqori tezlikdagi temiryöl tarmoğiga kiradi.
Yangi liniya Çendu - Çunsin iqtisodiy klasteri bilan Yunnanning markaziy qismidagi şaharlar örtasidagi aloqalarni kuçaytirişi, savdo va turizm rivojiga yordam berişi kutilmoqda.

















