O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 oktabr kuni Toshkent shahrining bir necha tumaniga tashrif buyurishi kutilmoqda.
«Kun.uz» manbasi prezident shanba kuni Yashnobod va Shayxontohur tumanlarida bo‘lishi haqida xabar berdi.
Shayxontohur tumaniga tashrif davomida prezident Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazining qurilishi jarayoni bilan tanishishi mumkin.
27 oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham Shayxontohur tumaniga kelgandi.











