Stenford universiteti (AQŞ) fiziklari zamonaviy smartfonlar, planşetlar va leptoplarning aksariyatiga örnatilgan litiy-ion batareyalarining portlaş sababini izohlaşdi. Engadget şu haqida xabar berdi.
Mutaxassislar krioelektron mikroskopiyadan (2017 yil kimyo böyiça Nobel mukofoti şu uçun topşiriladi) foydalanib, birinçi marta dendritlar - akkumulyatorlar ekspluatatsiyasida paydo böladigan maxsus kengaytirilgan tuzilmalarning batafsil tasviriga ega bölişdi.
Olingan suratlarda litiy dendritlar olti burçakli kristallsimon tuzilmalardan iborat. Olimlar bundan avval oddiy elektron mikrosokopiya usullaridan foydalanib, dendritlar özgaruvçan şaklga ega deya taxmin qilişgandi.
Mutaxassislarning fikriça, litiy-ion batareyalarining portlaşlari aynan elektro-kimyoviy hujayralarning içida qisqa tutaşuv keltirib çiqaruvçi dendritlarning ösişi bilan boğliq. Fiziklar kelgusida dendritlarning ösiş dinamikasini nazorat qilişni örganişni rejalaştirişmoqda.












