Turkiya xavfsizlik kuçlari Istanbulning savdo markazlaridan birida amalga oşirilmoqçi bölgan teraktning oldini oldilar. Uşbu teraktni sodir etişga uriniş gumoni bilan IŞIDning 4 nafar tarafdori, jumladan 2 ayol qölga olingan.

Ekstremistlar qölga oliniş vaqtida qarşilik körsatişgan. Otişma vaqtida gumonlanuvçilardan biri yaralangan, deb xorijiy OAVga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Dastlabki ma'lumotlarga köra, gumonlanuvçilar şaharning Bayrampoşa tumanida joylaşgan savdo markazida terakt amalga oşirmoqçi bölişgan.. Jumladan, markaz yoniga qöyilgan avtomobillardan birida portlovçi moddalar aniqlangan. 

Bundan bir kun avval Turkiya poytaxti Anqarada 49 nafar xorijlik qölga olingan. Ular Suriya va Iroq hududidagi jangovar harakatlarda iştirok etganlikda gumon qilinmoqdalar. Turk maxsus xizmatlari ulardan ba'zilari Turkiya hududida teraktlar amalga oşirişni rejalaştirgan bölişi mumkinligini istisno etmayapti.