Britaniyalik poygaçi, "Mersedes" jamoasi a'zosi Lyuis Hemilton Meksika Gran-prisi natijalariga köra faoliyatida 4-marta "Formula-1" poygasi çempioniga aylandi. Poygaçi bundan juda xursandligini, biroq poyganing özidan köngli tölmaganini aytib ötgan. 

Uşbu poyga Lyuis uçun unça muvaffaqiyatli keçmadi. Poygaçi özining asosiy raqibi Sebastyan Fettel bilan kuraşda poyganing birinçi davrasidayoq u bilan töqnaşib, bolidi ğildiraklarini teşib oldi. Oqibatda u oxirgi öringa tuşib ketgan hamda butun poyga davomida oldinga çiqişga harakat qilgan. Natijada Hemilton marraga töqqizinçi bölib keldi va poyga ğolibi, gollandiyalik Maks Ferstappenga bir davradan köproq vaqt yutqazgan. Biroq bu natija britaniyalik poygaçiga muddatdan avval çempionlikni qölga kiritişiga yetarlilik qildi.  

"Bu çempionlik unvonini qölga kiritişning eng rasvo yöli bölsa kerak, biroq nima ham qila olardik? 40 soniya ortda qoliş – bu tanazzuldir. Biroq men qanday bölmasin boy berilgan soniyalarni yutişga harakat qildim, şu sababli hozir aralaş tuyğularni his qilmoqdaman", deb aytgan çempion.

Çempionat yakunlanişiga ikki bosqiç qolganda Hemilton raqiblari uçun yetib bölmas darajada özib ketdi. Uning hisobida 333 oçko, uning ortidan kelayotgan Fettelda esa 277 oçko bor. Britaniyalik poygaçi çempionlik unvonlari soni böyiça fransiyalik Alen Prost bilan tenglaşdi. Bundan köproq çempionlikni argentinalik Xuan Manuel Fanxio (5 marta) va afsonaviy Mixael Şumaxer (7 marta) qölga kiritganlar.

Hemilton "Formula-1"dagi faoliyatini "Maklaren" jamoasida boşlagan. U jamoa uçun 6 mavsum ötkazgan va bir marta çempion bölgan (2008 yil). 2013 yilda poygaçi "Mersedes" jamoasiga ötgan va u bilan birga yana uç marta çempionlikka erişa olgan (2014, 2015, 2017 yillar). 

Hemiltonning hisobida hammasi bölib "Formula-1"da 206 ta poyga bölib, undan 62 tasida asosiy poygada ğalaba qozongan va 72 tasida poul-pozişnni egallagan, bu esa "qirollik poygalari" uçun rekord natija hisoblanadi.