Rossiyalik jurnalist ayol va huquq himoyaçisi Yekaterina Gordon prezidentlik saylovlariga öz nomzodini qöyişni rejalaştirmoqda.

"Men, ehtimol, prezident ma'muriyati bilan muvofiqlaştirilmagan yagona nomzod bölaman", - deyiladi "Katya Gordon" rasmiy saytida joylaştirilgan bayonotda.

Jurnalist öz dasturida ayollar va bolalar huquqlariga köproq e'tibor qaratiş niyatida.

"Men heç qaçon ovoz bermaganman va hozir, öz qaraşlarim tufayli bu huquqdan foydalanmoqçiman hamda huquqlari buzilgan ayollarning ovoziga aylanmoqçiman", - deya ta'kidlab ötdi Gordon.

Şuningdek, uning ma'lum qilişiça, saylovlarda qaysidir partiyadan iştirok etmaydi. "Men öz nomzodimni özim ilgari suraman", - deya javob berdi Gordon bu haqdagi tegişli savolga.

Rossiyada navbatdagi prezidentlik saylovlari 2018 yilda bölib ötadi. Unda iştirok etiş rejasi borligi haqida RLDP yetakçisi Vladimir Jirinovskiy, “Yabloko” partiyasi asosçilaridan biri Grigoriy Yavlinskiy aytib ötdi. "Adolatli Rossiya" va Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi nomzodlarni ilgari suriş masalasini öz qurultoylarida hal etadi. Şuningdek, teleboşlovçi Kseniya Sobçak, siyosatşunos Andrey Bogdanov va “Biznikilar” harakati ta'sisçilaridan biri Boris Yakemenko ham öz nomzodini qöyişni möljallagan.