Prezidentning 30.10.2017 yildagi PF–5216-son «Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi.
Norma.uz’ning yozişiça, hujjat bilan Toşkent davlat stomatologiya instituti taşkiliy tuzilmasining yangi tahriri tasdiqlandi. Endi unda 5 ta fakultet közda tutilgan:
• Stomatologiya fakulteti;
• Bolalar stomatologiyasi fakulteti;
• Tibbiy-pedagogika fakulteti;
• Davolaş fakulteti;
• Malaka oşiriş fakulteti.
Eslatib ötamiz, muqaddam 3 ta fakultet faoliyat körsatar edi: stomatologik jarrohlik, stomatologik terapiya va bolalar stomatologiyasi.
Bundan taşqari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan işlaş böyiça prorektor lavozimi joriy etildi. Barça tuzilmaviy bölinmalarining ştatlari soni va xodimlar kategoriyalari qonunçilik tomonidan oliy ta'lim muassasalari uçun örnatilgan me'yorlar bilan aniqlanadi. Muqaddam boşqaruv xodimlari soni hamda bölimlar, kafedralar va boşqa xodimlar soni aniq raqamlar bilan belgilab qöyilgan edi.












