Özbekiston Futbol Federatsiyasi majlislari zalida bugun, 30 oktabr kuni ÖFF Prezidenti Umid Ahmadjonov iştirokida navbatdan taşqari yiğiliş bölib ötdi. Unda ÖFF Ijroiya Qömitasining yangi a'zosi tasdiqlandi.
Özbekiston Futbol Federatsiyasining Ustavi 33-moddasi 7-bandiga asosan Ijroiya Qömitasining vakant bölib qolayotgan örnini töldiriş uçun UzReport axborot agentligining Boş direktori Ravşanxon Ergaşoviç Jörayevning nomzodi qömita a'zolari tomonidan ma'qullandi.
Jörayev Ravşanxon ÖFF Ijroiya Qömitasining yangi a'zosi sifatida navbatdagi Konferentsiyada keyingi muddat uçun saylovga qöyiladi.
«Bildirilgan işonç uçun minnatdorman. Umid qilamanki, bölajak işlarimiz mamlakatimizda futbol rivoji uçun hissa qöşadi», – degan Ravşanxon Jörayev.
«Ravşanxon Jörayevni ÖFF Ijroqömi a'zosi etib tasdiqlangani bilan tabriklayman. UzReport axborot agentligi ÖFF Marketing boşqarmasi va ÖzPFL bilan hamkorlikda katta loyihalarni amalga oşirişiga umid qilaman», – deya ÖFF Prezidenti Umid Ahmadjonovning sözlarini keltirgan ÖFF matbuot xizmati.

Ravşanxon Jörayev 2010 yildan buyon UzReport axborot agentligi Boş direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
UzReport axborot agentligi 1999 yilda taşkil topgan. 2014 yili agentlik qoşida UzReport TV, 2017 yili esa Futbol TV telekanallari taşkil qilindi. Futbol böyiça Anlgiya va Ispaniya çempionatlari, şuningdek, Yevropa Çempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi öyinlari translyatsiyasi huquqini xarid qilgan telekanal mazkur uçraşuvlarni jonli ravişda muxlislar e'tiboriga havola etmoqda.
Ma'lumot uçun, ÖFF Ijroiya Qömitasi tarkibi 11 kişidan iborat. Quyida Ijroqömning töliq tarkibi bilan tanişiş mumkin.
ÖFF Ijroiya Qömitasi tarkibi
1. Umid Ahmadjonov – ÖFF Prezidenti
2. Şoakrom Isroilov – ÖFF Birinçi vitse-prezidenti
3. Açilbay Ramatov – ÖFF vitse-prezidenti












