Xalqaro Olimpiya qömitasi (XOQ) tomondan vaqtinçalik çetlatilgan Braziliya Milliy Olimpiya qömitasining Milliy Olimpiya qömitalari uyuşmasidagi huquqlari tiklandi. Bu haqda XOQ matbuot xizmati ma'lum qildi.

XOQ  ijroiya qömitasi 6 oktabrda Braziliya Milliy Olimpiya qömitasini vaqtinçalik uyuşmadan çetlatişga qaror qilgandi. Bunday qaror Braziliya MOQ raisi va 2016 yilgi Olimpiada taşkiliy qömitasi rahbari Artur Nuzmanning korrupsiyada gumon bilan hibsga olinişi bilan boğliq holda qabul qilingan. Şu sababli XOQ Braziliya MOQga barça tölovlarni muzlatgan va 2016 yilgi öyinlar taşkiliy qömitasi bilan barça aloqalarni töxtatgan.

Ta'kidlanişiça, endi Braziliya MOQ şu hafta Pragada ötadigan Milliy Olimpiya qömitalari uyuşmasi va Panamerika sport taşkiloti uçraşuvlarida iştirok eta oladi. Biroq, Braziliya MOQga nisbatan qöllangan barça sanksiyalar öz kuçida qoladi.      

Nuzman Rio-de-Janeyroning 2016 yilgi öyinlar poytaxti sifatida tanlanişi uçun 2,5 mln dollar pora berganlik gumoni bilan 5 oktabrda hibsga olingan. Nuzmanning hibsga olinişi haqidagi qaror u öz soliq deklaratsiyasiga 16 ta oltin yombisi sotib olgani haqidagi ma'lumotni kiritmoqçi bölgandan keyin qabul qilingan.