Kataloniya muxtoriyati rahbari vazifasidan çetlaştirilgan Karles Puçdemon 2 noyabr kuni körsatma beriş uçun Ispaniya Milliy sud hay'atiga kelmaydi. Cobiq rahbarning belgiyalik advokati Pol Bekar sözlarini ABC naşri yozmoqda.
"Yöq, u sudga bormaydi, çunki u kuzatişni va kutişni ma'qul körmoqda", - degan yurist. "Biz siyosiy boşpana söraş uçun sörov bermaslikka qaror qildik. Ekstraditsiya xususida berilgan sörovni sud orqali muhokama qilamiz", - deb izohlagan Bekar.
Ispaniya Milliy sud hay'ati qaroriga köra, Puçdemon va mintaqa hukumatining boşqa qator sobiq a'zolari 2 va 3 noyabr kunlari sudda körsatma berişlari kerak.












