Myanma TIV rahbari va mamlakat yetakçisi sifatida qabul qilinuvçi Aun San Su Çji rohingya musulmonlari tark etgan Rakxayn ğarbiy ştati hududiga birinçi marta taşrif buyurdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Agentlik ma'lumotlariga köra, Myanma yetakçisi bortida bölgan harbiy vertolyot ştat poytaxti Situe şahriga mahalliy vaqt bilan soat taxminan 9.00da (Toşkent vaqti bilan 8.00da) qöngan.
Bu rohingyalar uylarining yoqib yuborilişi hamda ularga qurolli hujumlar tufayli yuzaga kelgan gumanitar inqiroz boşlanganidan söng siyosatçining birinçi taşrifidir.
Aun San Su Çji vakilining xabar berişiça, u rohingyalar anklavlari joylaşgan asosiy yer – Maungdo aholi punktiga ham borişni rejalaştirgan.
Agentlik ma'lumotlariga köra, 600 mingdan ortiq inson u yerdan qöşni Bangladeşga ötib ketgan.
Su Çji Rakxaynga 2015 yildagi saylovlarda ğalaba qozonganidan söng umuman kelmagandi.











