Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan birinçi mahalliy yengil avtomobilni yaratiş loyihasini amalga oşiriş işlarining boşlangani haqida e'lon qildi. "Anadolu" agentligi şu haqida xabar berdi.
Avtomobilni yaratiş konsorsiumiga Anadolu, BMC, Kıraça va Zorlu kabi yirik kompaniyalar, şuningdek Turkcell telekommunikatsiya kompaniyasi kiritilgan.
Prezident loyiha taqdimotida iştirok etar ekan, 2016 yilda Turkiyada 757 ming avtomobil sotilganini qayd etdi.
"Bozori şunday katta salohiyatga ega mamlakat hali-hanuz mahalliy avtomobil işlab çiqariş loyihasini amalga oşirmagani açinarli. Bugun biz bu yönalişda tarixiy qadamlar qöymoqdamiz", - dedi Erdöğan.
Uning sözlariga köra, mahalliy avtomobilni işlab çiqariş loyihasini amalga oşirişga tayyorgarlik köriş işlari imkon qadar qisqa muddatlarda tugallanişi kerak. Rejaga muvofiq, ilk turk avtomobili prototipi 2019 yildan keçikmay taqdim etilişi lozim.
"2021 yilda avtomobilning seriyali işlab çiqarilişi yölga qöyiladi. Mahalliy avtomobilni işlab çiqariş loyihasi Turkiyaning 2023 yilga qadar möljallangan Rivojlaniş maqsadlari dasturida alohida örin egallagan. Bu masalada heç qanday keçikişlar bölmasligi kerak", - deya ta'kidladi davlat rahbari.
Uning sözlariga köra, professionallar mahalliy avtomobil loyihasini amalga oşirişga jiddiy kirişgan taqdirda, davlatga mazkur jarayonlarni faol qöllab-quvvatlaşgina qoladi, xolos.
"Şuni ma'lum qilamanki, konveyerdan çiqqan birinçi mahalliy avtomobilni özim xarid qilaman", - deydi Erdöğan.
Davlat rahbarining sözlariga köra, gap faqatgina avtomobillarni işlab çiqarişda emas. "Gap mamlakatga jahon avto işlab çiqaruvçilari bozorida munosib örin egallaş imkonini beruvçi texnologiyalar, tajriba va töplangan bilimlar haqida", - deya qöşimça qilgan Erdöğan.












