Bugun Yevropada çempionatlarning navbatdagi turlariga start beriladi. Angliyada bir turda birdaniga ikkita katta uçraşuv bor. «Tribuna» uikendning ötkazib yubormaslik tavsiya etiladigan uçraşuvlarini körib çiqadi.

VeST HEM – LIVeRPUL (4 noyabr, 22:30)

Yozda eng köp transfer amalga oşirgan «Vest Hem» haligaça kutilgan öyinni namoyiş eta olganiça yöq. Şu paytgaça uç marta iste'fo ostonasiga kelgan Slaven Biliçning bugungi holati ham yaxşi emas. Odatda, mana şunday pallalarda «Vest Hem» biror katta ğalaba erişgan va yana Biliçga işonişda davom etaverişgan. Liga kubogida «Tottenhem»ga qarşi ajoyib ğalaba yetarli emasligi aniq, endi APLda ham ğalaba qozonişni boşlaş kerak, zero londonliklar atigi 9 oçko bilan 16-örinda borişmoqda.

«Liverpul» «Tottenhem» bilan öyindagi «dahşat»dan söng, öziga kelib oldi, Premer Ligada va Çempionlar Ligasida yirik ğalabalarga erişdi. Navbatdagi London safari Klopp uçun yana bir sinov bölişi şubhasiz. Ötgan mavsumda liverpulliklar «Vest Hem»ni safarda yirik hisobda yenggan bölişsa-da, undan oldingi uç mavsumda mezbonlarning qöli baland kelganini unutmaslik lozim.

«Liverpul» öyin oldidan biroz muammolarga duç keldi – Mane va Koutinoning jarohatlari haqida hali heç narsa ma'lum emas, buning ustiga, aynan mana şunday jismoniy kuç va maydon markazidagi ustunlik talab qilinadigan öyin oldidan Jorjio Veynaldumning ham maydonga tuşişi söroq ostida qoldi.

Xullas, APLning markaziy öyinlari yakşanbaga belgilangan bölsa-da, şanba kunida ham zerikmaslikning ilojini topsa böladi. 

 

BORUSSIYa – BAVARIYa (4 noyabr, 22:30)

Dortmundliklar oktabr oyini juda yomon ötkazişdi. Bundesligada yakka peşqadam bölib turgan holatda, qatorasiga uç öyinda ğalaba qozona olişmadi va «Bavariya»ni oldinga ötkazib yuborişdi. Çempionlar Ligasida Kipr jamoasi bilan ikki durang jamoani amalda pley-off yöllanmasidan mahrum qildi. Ana endi, vaziyatni önglaş uçun yaxşi imkoniyat bor.

Sababi, «Bavariya»ning natijalari barqarorlaşgan bölsa-da, tarkibda muammolar yetarli. Hujum çiziğida biratöla uç asosiy futbolçi – Levandovski, Riberi va Myuller jarohat olişgan. Şu tufaylimi, Haynkes şogirdlari hatto «Seltik» bilan öyinda ham muammolarga duç kelişdi.