Amerikaning yuqori texnologiyali elektronika mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Apple koproratsiyasi joriy yil uçinçi çoragi natijasiga köra, 10,7 mlrd dollar miqdorida sof daromad körganini ma'lum qildi. Bu har bir aksiya 2,07 dollar daromad keltirganini anglatadi. Kompaniyaning moliyaviy hisobotida şu haqda söz yuritilgan.
Hisobotga binoan, ötgan yilning hisobot davrida 9 mlrd dollarga yaqin foyda körilgan. Apple sof pul tuşumi uç oyda 12,2 foizga ösib, 52,6 mlrd dollarni taşkil etgan. Şundan 28,8 mlrd dollari, ya'ni 55 foizga yaqini iPhone smartfonlari savdosidan tuşgan.
Ekspertlar umumiy tuşumni 50,7 mlrd dollardan oşmasligini taxmin qilişgan edi. Ammo Apple kelasi çorakda yangi yil bayramlari munosabati bilan yuqori savdo kuzatilişini va korporatsiya tuşumi 84-87 mlrd dollar atrofida bölişini taxmin qilmoqda.
Ötgan çorakda jami 46,7 mln dona iPhone smartfonlari sotilgan. Bu borada ham tahlilçilar taxminidan özib ketilgan. Apple 3 noyabrdan yangi iPhone X telefonini sotişni boşlaydi.












