Misrdagi Xeops ehromida sirli sağana bölişi mumkin bölgan böşliq topildi. Uni fizik olimlar myuonlar – koinot nurlarining havodagi gazlar bilan töqnaşişidan keyin paydo böladigan zaryadlangan zarraçalarni köra oluvçi teleskoplar yordamida aniqlaşgan. Bu topilma haqida Nature jurnalida ma'lum qilindi.
ScanPyramids loyihasi olimlari böşliqni ehromning boş yölagi ustida aniqlaşgan. Uning uzunligi 30 metrni, eni 2 metrni taşkil qiladi. Taxminlarça, böşliq yaxlit yoki köplab xonalardan iborat yölak bölişi mumkin.
Myuonlar aqlbovar qilmas tezliklargaça tezlaşib, sayyoramizning yuzlab metr içkarisiga kira oladi. Olimlarning aytişiça, bir kvadrat metr yer 10 ming myuonni yutadi.
Olimlar qöllagan teleskoplar bu zarralarni köra oladi, ular oqimi biror jinslar bilan töqnaşişdan köra böşliqlarda sekinroq tarqaladi. Kuzatuvlar CERN’da Xigss bozoni oçilişida qöllangan prinsiplar asosida bajarilgan.

Olimlarning aytişiça, böşliq oxirgi önlab asrlar içidagi şunday yirik ilk topilmadir. Ta'kidlanişiça, oxirgi marta Xeops ehromida yangi xonalar Bağdod xalifasi Abdulloh al-Mamun tomondan 9-asrda aniqlangan.
Ötgan yili radiolokatsion skanerlaş yordamida Tutanxamon sağanasida ikkita yaşirin xona borligi aniqlangan. Bu xonalar içida metall va “organik” körinişdagi buyumlar borligi örnatilgan.
Xeops ehromi miloddan avvalgi 3 ming yillik örtalarida bunyod etilgan. Bu vaqtda Misrga Xufu (Xeops) fir'avni hukmronlik qilgan. Piramidaning balandligi 145 metrni, eni va uzunligi 230 metrga yaqinni taşkil qiladi. Misr ehromlaridan eng yirigi hisoblanadi.

Uşbu ehrom insoniyat tomondan yaratilgan eng baland va yirik inşootlardan biridir. Ehrom bizning kunlargaça saqlanib qolgan dunyoning yetti mö'jizasidan yagonasi hisoblanadi.
Xufu va uning rafiqasi mömiyolari hanuzgaça topilmagan. Ularning sağanasi piramidaning qayeridadir yaşiringani taxmin qilinadi.












