Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasida taşkil etilgan matbuot anjumanida ayrim xorijiy OAV va ijtimoiy tarmoqlarning özbek segmentida paydo bölayotgan ba'zi xabarlarga munosabat bildirildi.
Dastlabki savol Toşkent şahrida göyoki favqulodda tartib joriy etilgani, kafe va restoranlarga tungi 23-00 dan söng faoliyat yuritişga yöl qöyilmayotgani, fuqarolar tekşirilayotgani xususidagi iddaolar haqida böldi.
ŞIIBB post-patrul xizmati vakili podpolkovnik Aziz Sultonovning ta'kidlaşiça, şaharda heç qanday komendantlik soati joriy etilmagan.
“Şaharda komendantlik soati tartibi örnatilmagan. Barça fuqarolarimiz köçalarda aylanişi, işga borib-kelişlari, keçki sayr qilişlari mumkin. Yuqorida qayd qilingan holatlar jinoyatçilik va huquqbuzarlikning oldini oliş böyiça profilaktik tadbirlar sirasiga kiradi”, - deya oyldinlik kiritdi Sultonov.
Uning aytişiça, har qanday kafe-barlar, restoranlarning faoliyat vaqti Toşkent şahar hokimiyatidan belgilanadi. Tungi soat 23-00 dan söng yopilişi kerak bölgan ovqatlaniş tarmoqlari faoliyati nazorat qilinadi. Bundan taşqari, asosiy profilaktik tadbirlar jinoyatçilik va huquqbuzarliklar köp sodir bölişi kuzatilgan hududlarda ötkaziladi.
Sultonovning oydinlik kiritişiça, tadbirlar vaqtida asosan, bemaqsad yurgan, yuriş-turişida şubha uyğotgan yoki jinoyat sodir etişga moyil bölgan fuqarolar ikki xil tartibda jiddiy tekşiriladi. Masalan joyida axborot kommunikatsiya vositalari orqali fuqaroning şaxsi aniqlanadi va savol-javobdan söng şubha uyğotmasa, uzr sörab qöyib yuboriladi yoki uyiga eltib qöyilişi (asosan xorijiy fuqarolar) ham mumkin.
ŞIIBB PPX vakilining ma'lum qilişiça, profilaktik tadbirlar natijasida yilning ötgan 10 oy mobaynida respublika miqyosida qidiruvda bölgan 146 kişi Toşkent şahrida uşlangan. 1443 ta jinoyat foş etilgan. Bundan taşqari 250 ta jinoyatning oldi olingan. 138 ming 794 ta huquqbuzarliklar aniqlangan.
Sultonovning qayd etişiça, ayrim huquqbuzarliklar, tahlillarning körsatişiça, jinoyatga aylanib ketiş ehtimollari mavjudligi nuqtai nazaridan öziga xos ijobiy natija hisoblanadi.
Şu örinda ŞIIBB rasmiy vakili Doniyor Toşxöjayevning qöşimça qilişiça, şaharda huquqbuzarliklarning oldini oliş va profilaktika tadbirlari faqat tungi vaqtlarda emas, balki 24 soat mobaynida uzluksiz davom etadi.

















