Afğoniston içki işlar vaziri vazifasini vaqtinça bajarayotgan Abdulsattor Mirzakval Afğoniston poytaxti Kobulda tartibsizliklar oldini oliş va aholini himoyalaş maqsadida komendantlik soati kiritilişini e'lon qildi. Bu haqda Khaama Press axborot agentligi xabar berdi.

“Tartibsizliklar oldini oliş, Kobul aholisi xavfsizligi va mol-mulki saqlanişini ta'minlaş maqsadida soat 21dan şaharning barça qismlarida harakatlanişga çeklov kiritiladi”, deb e'lon qilgan Mirzakval.

U şahar aholisini osoyiştalikni saqlaşga, soat 21dan keyin öz uylarini tark etmaslikka va hukumat körsatmalariga amal qilişga çaqirgan.

Avvalroq “Tolibon” harakati matbuot kotibi Zabihulla Mujohid Kobulning ba'zi tumanlari toliblar nazorati ostida ekanini, “yuzaga kelgan vaziyat ortida talon-torojliklar va öğriliklar yuz berişi xavfi borligini” aytgan.

Uning ta'kidlaşiça, Kobulning ba'zi tumanlarida politsiya xavfsizlikni ta'minlaş böyiça öz işini taşlagan, vazirliklar evakuatsiya qilingan, prezident ma'muriyati xavfsizlik xizmati xodimlari esa Kobuldan qoçgan.

Avvalroq Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani maxsus samolyotda Tojikistonga uçib ketgani ma'lum qilingandi.