Xitoyda qurilgan, töliq axborot texnologiyalariga ulangan dunyodagi ilk kema Guançjouga bir haftalik sinov sayohatini boşladi. China Daily naşrining ma'lum qilişiça, kema yil oxirida nomi ma'lum qilinmagan mijoz ixtiyoriga topşiriladi.  

Great Smart deb nomlangan aqlli kema China State Shipbuilding Corp (CSSC ) kompaniyasi tomondan qurilgan. Kema 38,8 ming tonna suv siğimdorligiga ega yuk kemasi bölib, Green Dolphin kemasining modifikatsiyasi hisoblanadi.

Great Smart dunyodagi ilk aqlli kema deb atalmoqda, çunki bu kema dengiz tasniflanişi britan jamiyati Lloyd’s Register (Lloyd röyxati) tomondan qabul qilingan “kiberxavfsiz”, “kiber-ijroçi” va “kiber-qöllab-quvvatlovçi” mezonlariga mos keladigan ilk kemadir. Avvalroq Janubiy Koreyaning Hanjin Heavy Industries and Construction verfida ham “aqlli” degan tasnifga da'vogarlik qiluvçi uçta kema yasalgan, biroq ular Lloyd röyxatida faqatgina “kiberxavfsiz” deb tasniflagan.

Işlab çiqaruvçining aytişiça, Great Smart kemasi eng yangi axborot texnologiyalarini, jumladan ma'lumotlarni real vaqt rejimida töplaş va qayta işlaş, katta hajmdagi hisob-kitoblarni amalga oşiriş, raqamli modellştiriş va masofadan boşqarişni qöllaydi. Şuningdek, kema dasturiy ta'minotiga dvigatellar va kardan vallari kabi asosiy qurilmalarning holatini kuzatişga qodir axborot tizimlari töplami örnatilgan. Bu moslamlarning barçasi ekipajning işini yengillaştiradi va kema samaradorligini oşiradi.

Ayni vaqtda kemaning robotlaştirilgani dengizçilarga öz ta'sirini körsatmagan: ekipaj qoidalarga köra butlangan. Biroq kelgusida texnologik taraqqiyot özgarişlarga olib kelişi va kema egalariga işçi kuçida tejaş imkonini berişi mumkin. Umuman olganda, aqlli kemalarning istiqboli porloqdir: ular kamroq yonilği sarflaydi hamda yuqori işonçlilik va xavfsizlik bilan ajralib turadi.

Hozirda bunday kemalarni yaratiş bilan Yevropa, Janubiy Koreya va Yaponiyada ham şuğullanilmoqda.