Iyun oyida «Real» 12-marta Yevropa Çempionlar ligasi kubogini qölga kiritgan, turnir tarixida qatorasiga ikki marta çempion bölgan jamoaga aylangandi. Avgust oyida «Qirollik klubi» Ispaniya Superkubogi uçun «Barselona»ga qarşi keçgan ikki öyinda ham ğalaba qozondi (umumiy hisob 5:1). Oktyabr oyida esa La liga debyutanti «Jirona»ga yutqazdi (1:2), bu madridliklar jamoasining çempionatda ikkinçi marta mağlub bölişi edi. Jamoa turnir jadvalida «Barselona»dan 8 oçko ortda qolmoqda. Noyabrning birinçi kunida esa «Uembli»da ilk uçraşuvni ötkazgan «Real» «Tottenhem»ga yutqazdi (1:3). Bu Zidan jamoasining Çempionlar ligasi guruh bosqiçida ilk marta mağlub bölişidir. Qolaversa, bu Madrid jamoasining YeÇL guruh bosqiçida keyingi 10 yil içidagi ilk marta ikki töp farqi bilan mağlubiyatga uçraşi böldi. 2008 yilda jamoa «Yuventus»ga yutqazgan. 

Keyingi ikki yilda tengsiz bölgan jahonning eng yaxşi klubiga keyingi ikki oyda nima böldi?

Iştiyoqning yöqolişi

Foto: Champions League

Keyingi 5 yil içida «Real» futbolçilari Çempionlar ligasi kubogini 3 marta boş uzra kötarişdi, 2017 yilning mayida Ispaniya çempionligi ham nişonlandi. «Desima»ni «Real» oxirgi marta 2002 yilda qayd etgandi. Keyingi davrda «Real»  Yevropa maydonlarida yaxşi natijalar körsatsada, içki çempionatda «Barselona»dan ortda qolardi. Ötgan yilda esa jamoa yaqqol kuçli öyin körsatdi va 5 yil içida ilk marta Ispaniya çempionligini nişonladi.

Kardiffda, YeÇL finalida «Yuventus» tor-mor etildi (4:1), Yevropa Superkubogi uçun bahsda «MYu» ustidan ğalaba qozonildi (2:1), Ispaniya Superkubogida «Barselona» taslim qilindi. Va birdan sovrinlarga «töyib qoliş» yuz berdi. Bu tabiiy jarayon, buni barça sportçilar boşdan ötkazadi, bunday pallada ular professionallik namoyiş etişi talab etiladi.

«Bu natija aldamçi. Men «Tottenhem»ning natijalariga köz yummayman, muxlislarning pessimizmini ham tuşunaman. Ammo «Real» hamişa qayta oladi va biz bizni öldiga çiqarganlarga joyini körsatib qöyamiz. Albatta biz bu öyinga ğalaba uçun tuşgandik. Ğalaba bölmasa, odamlarning fikri oson özgaradi. Öz tajribamdan kelib çiqqan holda aytişim mumkinki, bunday vaziyatda xotirjamlik saqlab qolişim mumkin», — dedi Ramos Londondagi alamli mağlubiyatdan keyin.

«Real» uzoq vaqt davomida «Barselona»ning muvaffaqiyatlarini pastdan turib kuzatgandi va xalqaro maydonda ğalabali onlarni boşlaş uçun kuç va ğazab töpladi. Jamoa ötgan asrning ikkinçi yarmida, 1956 yildan 1960 yilgaça bölgan vaqt içida 5 marta Yevropaning tengsiz jamoasi bölgandi. Professionalizm öz yöliga, ammo sportda ğalabaga taşnalik köp narsani hal qiladi. Qaçonki u yöqolsa, harakat sustlaşadi. Jamoa böyiça ham, alohida holda ham.