Sönggi paytlarda Özbekiston - Turkiya munosabatlari yangi bosqiçga kötarildi. Davlat rahbarlarining qisqa vaqt içida avval Samarqandda, keyin esa Anqarada bevosita uçraşganlari va muhim masalalarni özaro hal qilişgani, Turkiya Jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning Birinçi prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirib, maqbarasini ziyorat qilganining özi bu borada katta qadamlar taşlanayotganidan dalolatdir. Xöş, bugungi kunda özaro hamkorlik bizga qanday foyda keltirişi mumkin? Bu savolga siyosatçi yoki iqtisodçi emas, oddiy fuqaro dunyoqaraşi bilan javob izlab köraylik.

Avvalo, Turkiya töğrisida umumiy tasavvurga ega bölsak. 80 million aholisi bilan dunyoda 18-örinni, 783.562 km² maydoni bilan dunyoda 36-örinni egallab turgan bu davlat tört (Qora, Örtayer, Marmar va Egey) dengiz bilan öralgan. Hududining 97 foizi Osiyoda, 3 foizi Yevropada joylaşgan bölsa-da, aholisining 20 foizi aynan Yevropa hududida yaşaydi. Jahon hamjamiyatida özining munosib örniga ega bölgan va bu örinni tobora mustahkamlab borayotgan Turkiya jumhuriyati bilan munosabatlar bizga nimalar berişi mumkin degan masalaga turli sohalar kesimida nigoh taşlaş maqsadga muvofiq.

 

Siyosat

Mamlakatimiz mustaqilligini birinçi bölib tan olgan va endigina özligini anglayotgan vatanimizga köp jihatdan kömak bergan Turkiya jumhuriyati ulkan imperiya şaklidagi özining köhna tarixi, tahlikali onlarda davlat boşqaruvi tizimining keskin özgarişi ortidan mamlakat sifatida saqlanib qolişi, uzoq davom etgan ziddiyatlar va notinç qöşnilar bilan özaro munosabatlar silsilasida qat'iyatli siyosiy irodaga erişgan. Qit'alar örtasidagi köprikdek bölgan dengizlar qurşovidagi hudud har jihatdan muhim rol öynagani bois eng yirik davlatlar ham jumhuriyat bilan hisoblaşib kelişganini, özlarining munosib hamkorlari örnida körişga uringanlarini e'tirof etiş lozim. Harbiy salohiyat jihatidan ham Turkiya dunyoning yetakçilari qatorida turadi va atrofdagi qurolli ziddiyatlarda hamişa öz sözini aytib keladi. Şuningdek gumanitar sohadagi bağrikengligi ham ortiqça isbot talab qilmaydi: Yevroittifoq öz safidagi şunça davlatlar va iqtisodiy qudrati bilan Yaqin Şarqning qon tökilayotgan hududlaridan borgan 500 mingga yaqin qoçqinlarni qabul qilgani holda, birgina Turkiya hududining özidan 3 milliondan ortiq jabrdiydalar panoh topganini qayd etmoq kifoya.

Bundan taşqari konstitutsion tuzumni ağdarişga qaratilgan qator harakatlarga qaramay Turkiya xalqining jipsligi va oğir onlarda öz jonini ayamaslikka tayyor turganligi ham yaxşi örnak olişga arziydi.