Amazon riteyleri asosçisi va rahbari Jyeff Bezoc 2017 yil noyabri boşida kompaniyaning 1 mlrd dollarlik aksiyasini sotdi. Bezos bunday katta qiymatdagi bitimni birinçi marta amalga oşirdi.
Amazon rahbari oxirgi 6 yil davomida öziga tegişli aksiyalarni vaqti-vaqti bilan sotuvga çiqarib turadi. U odatda milliontaga yaqin aksiyani sotadi. Hozirda unda kompaniyaning 80 mln taga yaqin aksiyasi bor.
Bezos oxirgi marta bunday yirik bitimni 2017 yil may oyida amalga oşirgan. Öşanda u 940,7 mln dollarlik apktsiyasini sotib yuborgan. Öşandan beri kompaniya aksiyalari qiymati ösdi va Bezos amalga oşirgan navbatdagi bitim unga köproq mablağ keltirdi.
Bezos qölga kiritilgan pullarni qayerga yönaltirişi noma'lum. Uning Bill Geyts kabi xayriya jamğarmalari yöq, deb xabar bermoqda The Verge naşri. Naşrning taxminiça, pullar tadbirkorga tegişli The Washington Post gazetasi yoki Blue Origin raketasozlik kompaniyasini moliyalaştirişga sarflanişi mumkin.
Bezos oktabr oxiridan beri eng boy odamlar röyxatining birinçi poğonasini egallamoqda. Uning boyligi 94,6 mlrd dollarga baholanmoqda. Ikkinçi öringa surilgan Bill Geytsning boyligi esa 88,4 mlrd dollarni taşkil qilmoqda.












