APLning 11-turida Xosep Gvardiolani Arsen Venger, Joze Mourinoni Antonio Konte kutmoqda. «Tribuna» kuzning eng asosiy turi uçraşuvlari anonsini taqdim etadi.
Venger Gvardiolaga qarşi

Angliyada Super Sunday atamasi paydo bölganiga ança böldi. Bunday kunda turning eng markaziy uçraşuvi ötkaziladi. Ammo bu safar ikki hissa «Superyakşanba».
Avvaliga «Arsenal» bu mavsumda nafaqat Angliyada, balki Yevropada gegemonlik qilayotgan «Mançester Siti»ga qarşi safar uçraşuvida maydonga tuşadi. Öyinda favorit «şaharliklar» ekani ma'lum. Jamoa bu kuzdagi öyinlarda hisobda ortda borgan daqiqalar 13 daqiqani taşkil qiladi. Bir hafta oldin Pep Gvardioladan uning jamoasi mağlubiyatsiz seriyasini davom ettirib, «Arsenal»ning 2003-04 yillardagi natijasini (49ta uçraşuv) takrorlaş ehtimoli haqida söraşganida, bu ilojsiz iş ekanini aytgandi. Endi Venger uning bu sözlarini tasdiqlaşi mumkin.
2015 yilning yanvarida «Arsenal» safarda «Mançester Siti»ni mağlub etgandi. «Kanonirlar» öşanda yomon ahvolda edi, bu ğalaba esa jamoaga vaziyatni önglaşda yordam bergan, «şaharliklar» esa öşa mağlubiyat tufayli «Çelsi»ni oldinga qöyib yuborgan va oxir-oqibat çempionlik poygasida yutqazgandi.
Qariyb 3 yil ötmoqda, köp narsa özgardi, köp klublarda boşqa murabbiylar işlamoqda. Ammo «Arsenal»da öşa-öşa Venger. Venger öz joyida, jamoa esa öşandan keyin Mançesterdan ğalaba bilan qayta olmayapti. Hatto «kuçli oltilik»dagi jamoalarga qarşi safar öyinlarida ğalaba qozonilmadi. Yakşanba kuni Londonliklar Mançesterda bu «qora an'ana»ga çek qöyişi va çempionlik poygasiga qaytişi mumkin.
«Ular yaxşi formada. Ammo bir neça hafta oldin «Real» haqida nima deyişayotgandiyu, «Arsenal» haqida nima deyişayotgandi», dedi öyindan avval Arsen Venger.
Mourino Konteni işdan ketkazadimi?

Mançesterdagi töqnaşuv ortidan «Stemford Brij»da London va Mançesterning boşqa klublari, «Çelsi» va «Mançester Yunayted» örtasidagi bahs boşlanadi.
«MYu»ni pragmatik öyinlari uçun tanqid qilişmoqda, ammo Mourino ularga körsatayotgan natijalari bilan javob qaytarmoqda. Jamoa premer-liga turnir jadvalida qöşnilarini ta'qib qilişni davom ettirmoqda. «Çelsi»da vaziyat qiyinlaşgan, jamoa xalqaro maydonlarda ham kuçli öyin körsatmayapti, içki çempionatda ham yaxşi taassurot qoldirmayapti va boş murabbiy Antonio Konte rahbariyatning işonçini yöqotgan. Unga iste'fo tahdid qolmoqda. Ammo Konteni bu öyin arafasida safga qaytgan Kante qutqarişi mumkin. Uning «MYu»ga ötib ketgan Matiç bilan dueli bu öyinda köp narsani hal qilişi kutilmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis «Çelsi» bilan ötmişi haqidagi savollarni yoqtirmaydi. Şu tufayli bu haqda töxtaliş örinsiz. Qolaversa, «MYu»ning bu öyin arafasidagi holati şunday ham intrigali. Mançesterliklar «Stemford Brij»da oxirgi marta 2012 yili ğalaba qozongan va şundan keyingi 13 öyinda faqat bir marta ğalaba qozongan (1-5-7).
Mourino, Lukaku, Mata, Matiç - öz sobiq jamoalariga qarşi öynaydi. Belgiyalik hujumçi top-6 jamoalarga qarşi 59 öyinda atigi 15 gol urgan. Şu tufayli uşbu hujumçidan bu öyinda ham köp narsa kutişmayapti. Oktyabr oyida Lukaku gol urmay qöydi. 6 öyinda u bitta ham gol ura olmadi va töpurarlar poygasidan çiqib ketdi. Ammo u bugungi öyinga alam bilan tuşadi va bu vaziyat özgarişini kutiş mumkin.
Super Sunday! APLdagi ikki markaziy uçraşuv haqida qiziq faktlar
«Tottenhem»: Yevropaning eng yaxşi jamoasidan keyin liganing eng yomon jamoasiga qarşi

Maurisio Poçettino «Taxtlar öyini» serialining katta işqibozi körinadi. «Real»ga qarşi öyindan oldin u Dele haqida şunday degandi: «Qiş kabi u ham yaqin». «Qirollik klubi» bunga e'tibor qaratmadi va afsuslandi. Angliyalik yarim himoyaçi esa barçani hayratga solib, öz faoliyatidagi eng yaxşi öyinlardan birini ötkazdi va «şporlar»ni keyingi bosqiçga olib çiqdi. Hatto Harri Keyn uning soyasida qolib ketdi.
Endi «Uembli» kasofati haqida heç kim eslamayapti. Bugungi «Kristal Pelas»ga qarşi öyindagi ğalaba esa bu fikrni xotiralardan butkul öçirişi mumkin. Roy Hojson jamoasi bu mavsumdagi safar öyinlarida bitta ham gol urmadi.
Anons. Angliyada ikkita katta öyin va uikendning boşqa muhim töqnaşuvlari
5 noyabr, yakşanba
17.00. TOTTeNHEM – KRISTAL PELAS
«Tribuna» prognozi – 3:0.
19.15. MANÇeSTeR SITI – ARSeNAL
«Tribuna» prognozi – 1:4.
21.30. ÇeLSI – MANÇeSTeR YuNAYTeD
«Tribuna» prognozi – 0:0.
21.30. EVeRTON – UOTFORD
«Tribuna» prognozi – 1:1.
Turnir jadvalida ayni vaqtdagi vaziyat












