"Klivlend Kavalers" basketbol klubi hujumçisi Lebron Jyeyms “Vaşington Uizards”ga qarşi uçraşuvda 57 oçko töplab, faoliyatidagi 29 ming oçkoni töpladi.

Milliy basketbol uyuşmasi rasmiy saytida ma'lum qilinişiça, endilikda Lebron hisobida 29049 oçko bor. U bu çegaradan ötgan MBU tarixidagi yettinçi öyinçiga aylandi. Şu bilan birga 32 yoşli Jyeyms 29 ming oçko töplagan eng yoş basketbolçi böldi. Avval bu rekord Kobi Brayantga tegişli bölgan va u bu natijaga 33 yoşida erişgan.
Brayant va Jyeymsdan taşqari 29 mingdan köproq oçkoni Karl Meloun, Maykl Jordan, Uilt Çemberlen, Dirk Novitski va Karim Abduljabbor töplagan. Umuman olganda, eng köp oçkoga egalik qiliş böyiça Karim Abduljabbor yetakçi hisoblanadi. U butun faoliyati davomida 38387 oçko töplay olgan.
Şuni qayd qiliş kerakki, Jyeyms afsonaviy Jordanni ortda qoldirib, pley-off öyinlarida eng köp oçko töplagan basketbolçi böldi. Uning hisobida ayni vaqtda 5995 oçko bor.
Bungaça pley-off öyinlarining eng sermahsul öyinçisi Maykl Jordan bölgan. U 1984 yildan 1993 yilgaça va 1995 yildan 1998 yilgaça pley-off öyinlarida iştirok etib, 5987 oçko töplagan.
Bu boradagi 3-natija Karim Abduljabborga tegişli (5762 oçko).











