“Los-Anjyeles Leykers” basketbol klubining 34 yoşli hujumçisi Lebron Jyeyms Forbes naşri talqiniga köra, navbatdagi marta Milliy basketbol assotsiatsiyasining (MBA) eng katta haq oluvçi öyinçisi deb topildi.

Oxirgi 5 yil davomidagi reytinglarning yetakçisi bölgan Jyeyms joriy mavsumda 88,7 mln dollar işlab topadi, u bu qiymatdan 53 mln dollarini reklamadan oladi.

2- va 3-örinlarni “Golden Steyt Uorriorz” öyinçilari Stefen Karri (79,5 mln dollar) va Kevin Dyurant (65 mln dollar) egallagan.

Top-öntalikka Rassell Uestbruk (“Oklaxoma”, 53,7 mln), Jyeyms Xarden (“Xyuston”, 47,4 mln), Kris Pol (“Xyuston”, 43,7 mln), Yannis Adetokunbo (“Miluoki”, 43,2 mln), Damian Lillard (“Portlend”, 41 mln), Bleyk Griffin (“Detroyt”, 39,1 mln), Pol Jorj (“Oklaxoma”, 38,6 mln) kiritilgan.

Reytingga köra, yetakçi öntalikka kirgan basketbolçilar joriy mavsumda umumiy hisobda 540 mln dollar işlab topişar ekan.