Butunjahon boks kengaşi (WBC) versiyasi böyiça jahon çempioni, amerikalik Deontey Uaylder IBO, IBF va WBA kamarlari sohibi, britaniyalik Entoni Joşuani jangga çorladi.

«Men bilaman, men eng yaxşisiman. Buni isbotlaşim kerak. Şuning uçun men unga uruş e'lon qilaman. Qirol dehqonlar ortiga yaşirinmasligi, qirol bilan jang qilişi kerak. Men Joşua bilan jang ötkazişni istayman. Butun jahon şuni istaydi. Kel, Joşua, men bilan muştlaşib kör. Jangdan boş tortma va kunni belgila», degan boksçi Bermeyn Stivernga qarşi jangdan keyin.

Şanba oqşomida Nyu-Yorkda ötkazilgan jangda 31 yoşli amerikalik boksçi kanadalik Bermeyn Stivernni birinçi raunddayoq nokautga uçratdi va WBC çempionlik kamarini oltinçi marta himoya qildi.