Özbekiston Respublikasining taşqi savdo aylanmasi 2017 yilning yanvar–sentabrida 19 951,5 mln. AQŞ dollarini, jumladan eksport – 10 359,6 mln. AQŞ dollarini, import – 9 591,9 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qömitasining 2017 yilning yanvar-sentabr oylaridagi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy körsatkiçlar böyiça hisobotida aytiladi.

Taşqi savdo aylanmasining saldosi – 767,7 mln. AQŞ dollarni, şu jumladan MDH davlatlari bilan 715,8 mln. AQŞ dollarini va boşqa davlatlar bilan 51,9 mln. AQŞ dollarini taşkil etdi.

Respublika rezidentlarining taşqi savdo operatsiyalari asosan Osiyo (jami tovar aylanmasining (45,7 foizi), Yevropa (44,2 foizi) va Amerika (2,6 foizi) davlatlari bilan amalga oşirilgan bölib, jami savdo aylanmasining 92,5 foizini taşkil qildi.

MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Ukraina va Tojikiston davlatlari, taşqi savdo aylanmasida asosiy hamkorlar hisoblanib, ularning jami taşqi savdo aylanmasidagi uluşi 28,6 foizni taşkil qiladi, boşqa davlatlar orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Germaniya, Afğoniston, Braziliya, Hindiston, Latviya, Eron, Fransiya, Litva, AQŞ, Italiya davlatlari hisoblanadi va ularning uluşi 40,4 foizni taşkil qiladi.