Robert Half kompaniyasi 2018 yil uçun axborot texnologiyalar (AT) böyiça vakansiyalar bozoriga doir tadqiqot natijalarini taqdim etdi. Tadqiqotçilar Şimoliy Amerikadagi 8000 professional, şu jumladan axborot texnologiyalari böyiça 2500 direktorni söroq qilişdi. IT News naşri uşbu hisobotdan kelib çiqib, AT-sohasiga doir mehnat bozorining 7 asosiy trendi haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi.
1. AT-mutaxassislari kam va ular katta maoş söraşadi
Hisobotda ma'lum qilinişiça, yuqori malakali mutaxassislarning yetişmovçiligi - vaqtinçalik muammo emas. Kadrlar yetişmovçiligi uzoq istiqbolli muammoga aylanmoqda, degan xulosaga kelişmoqda tadqiqotçilar. Kompaniyalar hatto haqiqiy iste'dodlarni topgan taqdirda ham, odatda uni işga oliş imkoniga ega bölişmaydi. Söroq qilingan AT-direktorlarning 44 foizi yaxşi mutaxassislar topilgani, biroq nomzodlarning maoşga doir talablari qondira olinmaganini ma'lum qilişgan.
2. Işga joylaşiş jarayoni juda uzoq vaqt olmoqda
Kompaniyalar eng yaxşi xodimlarni yollaş uçun odatda işga olişda rioya qilinadigan bosqiçlarni tezlaştirişiga töğri keladi. Sörovnomalarning körsatişiça, haddan taşqari uzoq sinovlar va fikrlaşlar davomida professionallarning vakansiyaga bölgan qiziqişi sönadi. Nomzodlarning uçdan ikki qismi şu haqida ma'lum qilgan.
3. Robotlaştiriş böyiça mutaxassislarga talab ortadi
Robotlar hozirça dasturçilar, moliyaçilar va boşqa soha egalarining örnini töliq bosa olmasligi ayon. Biroq avtomatlaştiruv bozor landşaftini özgartirayotganini inkor qilib bölmaydi. Xuddi şu kompaniyaning boşqa hisobotida moliyaviy direktorlarning 56 foizi undan biznes va samaradorlik körsatkiçlarining sezilarli darajada oşirişini kutadi.
Iş beruvçilar avval boşdanoq avtomatlaştiriş texnologiyalari bilan işlay oluvçi xodimlarni işga olişdan manfaatdor bölişi tabiiy. 2018 yilda bunday professionallarga bölgan talab oşadi.
4. Barça sohalarda AT-mutaxassislariga bölgan talab oşmoqda
Yirik sanoat, moliya, soğliqni saqlaş, tibbiy texnika işlab çiqariş sohalari şular jumlasidandir. 2018 yilda Şimoliy Amerikada turli dasturçilar, ma'lumotlar tahlilçilari va dasturiy muhandislarni işga yollaş böyiça bir qaraşda soft yaratişdan yiroq bölgan sohalarning yetakçilik qilişi kutilmoqda. Modernizatsiya va innovatsiyalarga bölgan ehtiyoj zavod, klinika hamda fabrikalarni iste'dodli dasturçilarni izlaş va işga yollaşga majbur qiladi. Şu bilan birga, bunday mutaxassislarning yetişmovçiligi tufayli yetarliça malakaga ega bölmagan kadrlar işga joylaşadi. Şunday ekan, örtaça bilimga ega AT-kadrlarning işga joylaşiş imkoni oşadi. Bunday vaziyatlarda faqat iş beruvçigina yutqazadi. Bozor köproq maoş tölaşga majbur qiladi va arzon hamda u qadar talabgor bölmagan mutaxassislar ham qimmatbaho kadrga aylana boşlaydi.

















