Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya hukumati 2026 yil uchun iqtisodiy prognozni pasaytirdi
Berlindagi hisob-kitoblarga ko‘ra, Germaniya iqtisodiyoti joriy yilda 1,0 foizga, kelasi yilda esa 1,3 foizga o‘sadi. Kuzda mos ravishda 1,3 va 1,4 foizlik ko‘rsatkichlar kutilgan edi.
Foto: Shutterstock
Germaniya hukumati 2026 va 2027 yillarda mamlakat iqtisodiyoti o‘sishi o‘tgan kuzda kutilganidan ko‘ra pastroq bo‘lishini taxmin qilmoqda. Chorshanba, 28 yanvar kuni GFR Iqtisodiyot vazirligi joriy yil uchun prognozni 1,3 foizdan 1,0 foizga, 2027 yil uchun esa 1,4 foizdan 1,3 foizga pasaytirdi.
Germaniya iqtisodiyoti haqidagi yangi hisobotni taqdim etar ekan, vazirlik rahbari Katerina Rayxe AQSh prezidenti Donald Trampning tarif siyosati bilan bog‘liq qiyinchiliklarni, shuningdek, Xitoy kompaniyalari tomonidan raqobat kuchayib borayotganini tilga oldi.
Rayxening aytishicha, u iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun tuzilmaviy muammolarni hal etishga e’tibor qaratadi va “kompleks tuzilmaviy islohotlar” zarurligini ta’kidladi. Jumladan, mehnat bozorining moslashuvchanligini oshirish, demografik o‘zgarishlarni qayta tayyorlash (qayta o‘qitish) hamda chet eldan malakali mutaxassislarni jalb qilish orqali qoplash lozim, dedi GFR Iqtisodiyot vazirligi rahbari. Bundan tashqari, ko‘proq odamlar to‘liq ish stavkasidan (to‘liq ish vaqtida) ishlashni boshlashi kerak.
Katerina Rayxe, shuningdek, Germaniya YaIM o‘sishi hozirda, avvalo, infratuzilmaga davlat investitsiyalari va mudofaa xarajatlari hisobiga ta’minlanayotganini qayd etdi.
Mavzuga oid
12:53 / 10.03.2026
Eron Iordaniyadagi bundesver dala lageriga yana hujum qildi
12:21 / 10.03.2026
Germaniya milliy neft zaxiralaridan foydalanishga tayyor
10:21 / 09.03.2026
Germaniya g‘arbidagi uylarga meteorit bo‘laklari tushdi
15:23 / 07.03.2026