Belgiya sudi Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puçdemon va Kataloniya hukumatining 4 nafar sobiq a'zosini ozodlikka çiqarişga qaror qildi. Ular 5 noyabrda qamoqqa olingandilar. Bu haqda Kataloniya milliy assambleyasi rahbari örinbosari Agusti Alkoberro ma'lum qildi.
“Kataloniyaning sobiq rahbari va unga Belgiyada hamrohlik qilayotgan sobiq maslahatçilari ularning Ispaniyaga topşirilişi masalasi körilayotgan vaqtda mamlakatda qoliş şarti bilan ozodlikda qoldirildilar”, deb aytgan Alkoberro.
VRT telekanali ma'lumotlariga köra, Kataloniya hukumatining sobiq a'zolari Belgiya hukumatiga özlarining vaqtinçalik yaşaş manzillarini taqdim qilişlari, tergov bilan hamkorlik qilişlari va huquq-tartibot idoralarining barça çaqiruvlari böyiça kelişlari lozim. Ularni Ispaniyaga topşiriş qarori Belgiya sudi tomondan 15 kun içida qabul qilinişi kerak.
3 noyabrda Ispaniya sudi Bryusselda bölgan Puçdemon va uning 4 nafar maslahatçisining hibsga olinişi uçun order bergandi. Ular isyon kötariş, davlat mablağlarini xarj qilib yuboriş, xizmat mavqelarini suiste'mol qiliş va hukumatga böysunmaslikda ayblanmoqdalar.












