Qirğiziston sobiq boş prokurori Aida Salyanovaning ukasi – Ulan Salyanov Bişkekda yuz bergan qurolli hujum oqibatida öldirildi. Bu haqda sobiq boş prokurorning advokati Ulan Jumakov feysbukda xabar bergan.
Uning ma'lumotlariga köra, duşanba kuni tungi soat 02:00larda niqoblar va kamuflyaj libosida bölgan bir neça qurollangan erkak Salyanovning Bişkekdagi uyiga bostirib kirişgan. Hujum oqibatida 1975 yilda tuğilgan Salyanov olgan jarohatlari tufayli hayotdan köz yumdi.
Qirğiziston IIV bu holat böyiça hozirça izoh bermadi. IIVdagi manbaning «Interfaks»ga tasdiqlaşiça, hujum haqiqatdan ham sodir bölgan, biroq u heç qanday tafsilotlarni keltirmadi.
10 oktabr kuni «Ata-Meken» parlamentdagi muxolif fraksiyasi deputati, Qirğiziston sobiq boş prokurori Aida Salyanova Bişkekning Lenin tumani sudi tomonidan mol-mulki musodara etilgan holda beş yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Biroq, uning yoş qizi borligi e'tiborga olinib, sud qarorining kuçga kirişi bola 14 yoşga tölgunga qadar qoldirildi.
Qirğiziston boş prokuraturasi Salyanovaga nisbatan 2016 yilning oxirida jinoiy iş qözğatdi. U mamlakat adliya vaziri lavozimini egallagan paytida xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilişda ayblandi.
Ma'lumot uçun, Salyanova boş prokuror lavozimini 2011-2015 yillar davomida egallagan. 2015 yildan esa «Ata-Meken» fraksiyasidan Qirğiziston parlamenti deputati bölgan.












