Saudiya Arabistonida qölga olingan şahzodalarga nisbatan korrupsiya, qöşib yoziş, pul yuviş hamda vakolatni suiiste'mol qiliş ayblari qöyilgan. Bu haqda saudiyalik amaldorga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatdi.
Hozirça bu ma'lumot rasman tasdiqlanmagan.
Xabarda keltirilişiça, şahzoda al-Volid ibn Talal (U Forbes reytingida 45-milliarder hisoblanadi) poraxörlik, firibgarlik va pul yuvişda ayblanmoqda. Avvalgi qirolning öğli Muteb kamomad, davlat mablağini özlaştiriş va öz ta'siridan foydalangan holda biznes yuritişda ayblanmoqda.
Ar-Riyodning sobiq gubernatori şahzoda Turkiga esa metropoliten qurilişida poraxörlikka yöl qöygani böyiça ayblov ilgari surilgan. Mamlakatning sobiq moliya vaziri Ibrohim al-Assafa Makkadagi al-Haram masjididagi quriliş işlari vaqtida davlat mablağlarini özlaştirişda ayblanmoqda.
5 noyabr kuni Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalari (OAV)da 11 şahzoda va önlab sobiq hamda amaldagi vazirlarning qölga olingani haqidagi xabarlar tarqaldi. Milliy gvardiya va harbiy-dengiz flotining nufuzli rahbarlari öz lavozimlaridan çetlatilgani ma'lum qilingan.
Hibsga oliş işlari Aksilkorruptsion qömita taşkil etilişi ortidan röy berdi. Qömitaga qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning öğli Muhammad bin Salmon rahbar etib tayinlangan. Ma'lumotlarga köra, şu orqali bölajak qirol öz hokimiyatini mustahkamlamoqda.













