Foto:Amer Hilabi / AFP / Scanpix / LETA

5 noyabr kuni Saudiya Arabistonida qirollik oilasining bir neça a'zosi hamda önlab sobiq va amaldagi davlat amaldorlari qölga olingani haqida ma'lum böldi. Bu işlarning bari kuni keça mamlakatda e'lon qilingan korrupsiyaga qarşi kuraş doirasida amalga oşirilgan. Qölga olinganlardan biri — Saudiyaning eng yirik işbilarmoni va Citigroup hammuassisi, Saudiya Arabistoniga xos bölmagan liberal qaraşlari bilan tanilgan Al-Valid bin Talal. Röy berayotgan hodisalarning eng köp tarqalgan versiyasiga köra, Saudiya taxti vorisi Muhammad bin Salmon şu yöl bilan öz hukmronligini mustahkamlaydi. "Meduza" naşri Saudiya Arabistonida nimalar sodir bölayotganiga doir maqolasi bilan bölişdi.

Nima böldi?

Yakşanbaga ötar keçasi Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalari (OAV)da 11 şahzoda va önlab sobiq hamda amaldagi vazirlarning qölga olingani haqidagi xabarlar tarqaldi. Qölga olinganlarning aniq soni va ismi şarifi noma'lum, biroq saudiyalik amaldorlardan birining ta'kidlaşiça, ularning orasida dunyoning eng badavlat kişilaridan biri Al-Valid bin Talal ham bor, uni sahrodagi lagerda qölga olişgan.

Qölga olinganlarni nimada ayblaşmoqda - oxirigaça ma'lum emas, biroq aftidan gap korrupsiya haqida ketmoqda. Qölga olişdan bir neça soat oldin mamlakatda qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saud farmoni bilan Aksilkorrupsiya qömitasi tuzilgan, uni qirolning öğli, şahzoda Muhammad bin Salmon boşqaradigan böldi. Qirolning özi milliy televideniyeda çiqiş qilar ekan, "qonun jamiyatning puliga köz olaytirgan va uni himoya qilmagan, yoki ularni öğirlagan, yo bölmasa öz amali va ta'sirini suiste'mol qilgan har bir kişini qoralaydi", deb aytgan.

The New York Times'da xabar berilişiça, Saudiya poytaxti Ar-Riyoddagi Ritz Carlton mehmonxonasining butun  personali şanba kuni evakuatsiya qilingan; taxminlarga köra, u yerga qölga olingan şahzodalar va amaldorlar joylaştirilişi mumkin. Gazeta şuningdek poytaxt apparati xususiy samolyotlarga yopiq bölganini, mamlakat hukumati şu yöl bilan boşqa ehtimoliy gumondorlarga xalaqit bermoqçi bölganini qayd etmoqda.