2017 yilning yanvar-sentabrida Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilgan yalpi içki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 170 074,8 mlrd. sömni taşkil etdi. YaIMning ösiş sur'ati ötgan yilning mos davriga nisbatan 105,3 foizni taşkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qömitasining 2017 yilning yanvar-sentabr oylaridagi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy körsatkiçlar böyiça hisobotida aytiladi.

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ösiş sur'atlari YaIM ösişida asosiy omil bölib xizmat qildi. Jumladan, qişloq, örmon va baliq xöjaligi tarmoğining ösiş sur'ati 103,5 foiz, (YaIM tarkibidagi uluşi – 16,9 foiz), sanoat – 104,1 foiz (25,0 foiz), quriliş – 105,3 foiz (7,4 foiz), savdo, yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlar – 106,5 foiz (11,6 foiz), taşiş va saqlaş, axborot va aloqa – 107,3 foiz (13,1 foiz) va xizmat körsatuvçi boşqa tarmoqlar – 106,0 foiz (26,0 foiz) ni taşkil qildi.

2017 yilning yanvar–sentabrda YaIM tarkibida xizmatlar sohasining uluşi 50,7 foizni taşkil qildi, bu esa 2016 yilning yanvar-sentabriga nisbatan 0,6 punktga kamdir (51,3 foiz). Jumladan, taşiş va saqlaş, axborot va aloqa xizmatlari 0,6 punktga kamaydi va hisobot davrida 13,1 foizni taşkil qildi. Savdo, yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlar uluşi 0,5 punktga oşdi va 11,6 foizni taşkil qildi, xizmat körsatuvçi boşqa tarmoqlar uluşi 2016 yil yanvar–sentabrdagi 26,5 foizdan 2017 yil yanvar-sentabrda 26,0 foizga tuşdi. 

Mulkçilik şakllari böyiça YaIM umumiy hajmining 80,3 foizi iqtisodiyotning nodavlat sektoriga, 19,7 foizi – davlat sektoriga töğri keldi.

2017 yilning 9 oylik ma'lumotlariga köra YaHMning yuqori ösiş sur'atlari Andijon viloyatida (107,1 foiz), Xorazm viloyatida (106,7 foiz) va Toşkent şahrida (106,1 foiz) kuzatildi. Yalpi hududiy mahsulot ösiş sur'atlarining respublika darajasiga (105,3 foiz) nisbatan past körsatkiçlari Sirdaryo (99,0 foiz), Navoiy (100,7 foiz), Buxoro (103,0 foiz) va Surxondaryo (103,0 foiz) viloyatlarida kuzatildi.

Respublika böyiça YaIMni şakllantirişda Toşkent şahri 15,5 foizli uluş bilan yetakçilik qilmoqda, Toşkent va Samarqand viloyatlari mos ravişda 10,8 foiz va 7,2 foiz körsatkiçi bilan keyingi örinlarni egallaşgan. YaHMning eng kam uluşi Sirdaryo viloyatida (1,9 foiz), Jizzax viloyatida (2,5 foiz), Xorazm viloyatida (3,4 foiz) va Qoraqalpoğiston Respublikasida (3,4 foiz) kuzatildi.