Britaniyaning Park Indigo firmasi dunyodagi eng ommabop avtomobillar modellari röyxatini e'lon qildi. Bu haqdagi ma'lumot kompaniya saytida taqdim etilgan.
Reytingda birinçi örinni 25 ta davlatda savdolar yetakçisiga aylangan Toyota Hilux pikapi egalladi. Ikkinçi poğonada – Yevropada katta talabga ega bölgan Volkswagen Golf. Kuçli uçlikka Afrika hamda Yaqin Şarqda maşhur bölgan Toyota Land Sruiser yakun yasab bergan. Şimoliy Amerikada Ford F-150 hamon yetakçilikni özida saqlab turibdi.
Tadqiqotga köra, Özbekistondagi eng ommabop maşina – Nexia’dir. Qozoğiston va Qirğizistonda Toyota Camry eng xaridorgir bölsa, Afğonistonda Toyota Corolla yetakçi. Turkmanistonda Mercedes C-Class tengsiz deb topilgan. Rossiyada esa Hyundai Solaris eng sotiluvçi model sifatida qayd etildi. Tojikiston böyiça ma'lumotlar yöq.

Foto: Toyota

Foto: Car Magazine

Foto: Edmunds











