Davergeodezkadastr, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining «Yangi yerlarni suğoriş va özlaştiriş qiymati, lalmi şudgor va suğorilmaydigan köp yillik daraxtzorlar olib qöyilganda qişloq xöjaligi işlab çiqarişi nobudgarçiliklarining uşbu qiymatini inobatga olib hisoblangan miqdori hamda piçanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxşilaş qiymatini indeksatsiya qiliş haqida»gi qöşma qarori tasdiqlandi (2017 yil 1 noyabr). Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Davlat statistika qömitasining qiymatidan yuqori körsatilgan quriliş materiallari narxlari töğrisidagi ma'lumotlari asosida ötgan yilga nisbatan 1,246 baravar indeksatsiya qilindi.

Şu tariqa, olib qöyilayotgan lalmi şudgor va suğorilmaydigan köp yillik daraxtzorlar örniga tabiiy joylardagi joylaşuviga boğliq ravişda suğoriş va teng qiymatli yangi yerlarni özlaştiriş qiymati 1 ga uçun quyidagini taşkil etadi:

Ma'lumot uçun: bazaviy miqdorlar Yer uçastkalari egalari, foydalanuvçilari, ijaraçilari va mulkdorlarining körgan zararlarini, şuningdek qişloq xöjaligi va örmon xöjaligi işlab çiqarişi nobudgarçiliklarining örnini qoplaş tartibi töğrisidagi nizomning 32-bandida körsatilgan. Indeksatsiya har yili 31 dekabrgaça amalga oşiriladi.

Quyidagilarning qiymati xuddi şunday qiymatga indeksatsiya qilindi:

•  mamlakatimiz hududlari kesimida 1 gektar bir xil yerlarni suğoriş va özlaştirişning bir bonitet balli uçun qiymati;
•  «Çöl», «Adir» va «Toğ» zonalarida joylaşgan piçanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxşilaş qiymati.

Hujjat 2.11.2017 yildan kuçga kirdi.