Artel işlab çiqariş bazalarida çiqariladigan Avalon konditsionerlari özining haşamatli dizayni va qulayligi bilan ajralib turadi. Issiq havo tizimida işlovçi Avalon konditsionerlari qişning hatto eng sovuq kunlarida ham uyingizda issiq va qulay şaroit yaratişga qodir. Avalon konditsionerlari hattoki – 25 daraja sovuqda ham bemalol işlaydi. Harorat qançalik sovuq bölmasin, Avalon konditsioneringiz uyingizni bir zumda isitib beradi!

Foto: Avalon

Invertor

Invertorlik motorlar konditsionerdan foydalanişni ança qulayroq va tejamliroq qiliş uçun yaratilgan. Invertorlik motor haroratni doimo bir maromda uşlab turiş xususiyatiga ega. Invertorlik motorlarning yana bir xususiyati bu energiya tejamkorligi. Avalon konditsionerlari energiya tejamkorligining A turiga tegişli bölganligi sababli, ular sizga 30 % gaça elektr tokida mablağ tejab qolişga kömaklaşadi.

Foto: Avalon

Konditsionerlar haqida

Avalon konditsionerlarining xilma-xil işlaş tizimlari bor. Bu tizimlar uyingiz haroratini özingizga qulay darajaga moslaştirişga kömaklaşadi. Tizimlar konditsioner pultidagi tugmalar yordamida boşqariladi. Ular yordamida konditsionerdan çiqayotgan havoni bir zumda sovuq yoki issiqqa özgartiriş mumkin. Agar havodagi namlikni yöqotmoqçi bölsangiz, DRY tugmasini bosing. Fan Tugmasi esa havo haroratini özgartirmasdan ventilyatsiya qilişga qodir. Fan tizimidagi ventilyatsiya havoni tozalaydi va salomatligingizga yaxşi ta'sir körsatadi.

Uyqungizni avaylaş uçun Avalon konditsionerlarida «Tungi» tizim mavjud. Bu tizimda konditsionerning motori mutlaqo tovuşsiz işlaydi va uyquga umuman halaqit qilmaydi.

Foto: Avalon

«Salomatlik» nomli tizim esa soğliqni yaxşilaşga qaratilgan! Bu tizimda konditsioner haroratni odam tanasi uçun optimal bölgan darajaga özi özgartiradi. Salomatlik tizimining organizmni bardamlaştirişda foydasi katta.