Jaziramadan saqlaniş böyiça Hindistonning NPR naşri jamlagan maslahatlarning har biri alohida olinganda arzimasdek tuyulişi mumkin, ammo ular birgalikda tananing sovişiga haqiqatan ham yordam beradi.

Alohida ta’kidlanişiça, issiq uriş belgilariga quyidagilar kiradi: tana haroratining kötarilişi, boş oğriği, köngil aynişi, ongning çalkaşişi yoki holsizlik. Uşbu alomatlar paydo bölganda, darhol tez yordam çaqiriş va tibbiy yordamga murojaat qiliş kerak.

Jazirama bilan kuraşişga yordam beradigan maslahatlar:

1. Köp suyuqlik içing

Tana gidratatsiyasi darajasini doimo kuzatib boriş kerak. Har qanday jismoniy faoliyatni boşlaş bilan suvni kiçik qultumlarda içiş lozim. Köçaga çiqqanda suv olib yuriş – jaziramada hayot-mamot masalasidir.

2. Albatta, biror narsa yeb oling

Heç qaçon uydan oç qoringa çiqmaslik kerak, doim nimadir yeb oliş lozim. Masalan, tarkibida erigan elektrolitlar bölgan bodring yoki bir bölak ananas buning uçun ayni muddao.

3. Ruh tetikligi

Agar isib ketayotgan bölsangiz, sovuq duş qabul qiling yoki heç bölmaganda yuzingiz va qöllaringizni, şuningdek, boşingizni vaqti-vaqti bilan suv bilan höllab turing – bu tana haroratini pasaytirişga yordam beradi.

4. Dam oliş uçun salqin joy toping

Şuni biliş kerakki, issiq havo yuqoriga kötarilgani uçun köp qavatli uylarning pastki qavatlari salqinroq böladi. Kunduzi quyoş nurini qalin pardalar bilan tösing. Qölingiz ostidagi barça ventilyatorlarni işga tuşiring.

Va salqinlik izlab mebellarni qayta joylaştirişdan qörqmang. Masalan, karavotni deraza yoniga qöysangiz, uxlayotganda yengil şabadani his qilişingiz mumkin.

Agar xona içida nafas oliş qiyinlaşib, dim bölib ketsa, taşqariga çiqing va gamakda yoting. Tebraniş paytida hosil böladigan havo oqimi tanani sovutişga yordam beradi.

5. Me’morçilikdan ilhomlaning

Köplab me’moriy yangiliklar orasida «jaali» deb nomlangan me’moriy uslub bor, u hind va urdu tillaridan tarjima qilinganda şunçaki «tör» degan ma’noni anglatadi. Aslini olganda, bu toş devorni yaxlit qoldiriş örniga, bir qator kiçik teşiklari bor geometrik naqşlarni öyib, uni naqşinkor panjaraga aylantiriş usulidir.