Kiyev tuman sudlaridan biri Ukraina içki işlar vaziri Arsen Avakovning öğli Aleksandrning kvartirasiga taqiq qöydi. Bu haqda aksilkorruptsion prokuratoraning rahbari örinbosari Vladislav Krivenko ma'lum qildi.
“Sud bizning talabimizni qisman qondirdi va Avakovning köçmas mulkiga taqiq qöydi”, deb aytgan Krivenko.
Uning aytişiça, sud gumonlanuvçilarning mulkiga taqiq qöyiş talablarini körib çiqişni davom ettiradi.
Aleksandr Avakov va yana ikki kişi Kiyevda 31 oktabrda uşlangan. Ular 2015 yilda içki işlar vazirligi uçun ryukzaklar xarid qilişda 250 ming dollarni xarj qilib yuborişda gumon qilinmoqda.
Aleksandrning özi esa uşbu işni “otasiga siyosiy bosim ötkazişga uriniş”deb atamoqda.

















