Ukraina içki işlar vaziri Arsen Avakov öz xohişiga köra lavozimini tark etişga qaror qildi. Uning iste'foga çiqiş haqidagi arizasi vazirlik saytida e'lon qilindi.

Avakov öz izohida hamkasblariga minnatdorlik bildirişini va Ukrainaning “Ukraina vazirlar mahkamasi haqida”gi qonuniga muvofiq iste'foga çiqayotganini ma'lum qilgan.

Vazirni öz lavozimini tark etişga nima undagani hozirça noma'lum.

Oliy rada Avakovning arizasini 15 iyulda körib çiqişi mumkin.

Avakov Ukraina içki işlar vazirligiga 2014 yil fevralidan beri rahbarlik qilib keladi. Pyotr Poroşenko Ukraina prezidenti lavozimidan ketib, uning örnini Vladimir Zelenskiy egallagandan keyin Avakov yangi hukumatda öz lavozimini saqlab qolgan ikki vazirdan biri bölgan.

Avvalroq ukrainaliklar Avakovning iste'fosini bir neça marta talab qilib çiqişgan. Buning uçun hattoki maxsus “Get Avakova” harakati taşkil etilgan.

2020 yil iyunda oliy radada içki işlar vazirini öz lavozimidan çetlatişga qaratilgan namoyiş bölib ötgan. Avakov faoliyatiga bildirilgan asosiy e'tirozlar korrupsiya va jinoiy işlarning qoniqarli darajada tergov qilinmasligi bölgan.

Ukraina OAVning xabar berişiça, agar Avakovning iste'fosi qabul qilinsa, uning örniga ikki nomzod körib çiqilişi mumkin. Ulardan biri Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Aleksey Danilov, ikkinçisi esa içki işlar vazirligi infratuzilma va texnologiya markazining sobiq rahbari Aleksandr Yefimenko hisoblanadi.

Ukraina qonunçiligiga köra, vazirlar mahkamasi a'zosi özi iste'foga çiqiş haqida ariza topşirsa va parlament bu arizani qabul qilsa yoki boş vazir iltimosnomasiga köra öz lavozimidan ozod etilişi mumkin.