Özini özi boşqaruvçi organ, deya nomlanayotgan mahalla fuqarolar yiğinining mas'uliyati, davlat oldidagi vazifasi va fuqarolarga körsatuvçi amaliy kömagi jihatidan davlatning boşqa organlaridan sira ham kam emas. Bundan taşqari, Özbekistonda mahalla degan tuşunça ham borki, u har tomonlama vatan söziga vobasta bölib, jamiyatda alohida örin va mavqega ega.
Mahalla fuqarolar yiğini raisi esa ana şu dargohning boşi, unda keçayotgan barça yangiliklardan boxabar, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etişda birinçi galdagi javobgar şaxs sanalib, bu mas'uliyatli lavozimga köpni körgan, boşqalar manfaati haqida ğamxörlik qila oladigan, fidoyi hamda halol insonlar munosib köriladi.
Afsuski, öz işiga loqayd, zimmasidagi mas'uliyatga e'tiborsiz MFY raislari ham ahyon-ahyonda uçrab turadiki, ularning qilgan işi heç bir aqidaga töğri kelmaydi. Aks holda davlat tomonidan kam ta'minlangan, noçor yaşayotgan oilalarga ajratilgan yordam pullarini öz egalariga berişda özboşimçalik qilib, bunday xayrli va mas'uliyatli işga jiddiy qaramaslik kabi nuqsonlarga yöl qöyişmagan bölardi.
Ötgan yilning dekabr oyida jinoyat işlari böyiça Çortoq tuman sudida bölib ötgan oçiq sud majlisida tumandagi mahalla fuqarolar yiğinlaridan birining raisi S.Mirzayev (ism-familiyalar özgartirilgan) va uning kotibi L.Murodovning qilmişlari atrofliça körib çiqildi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Ikki mansabdor şaxs özaro kelişib, 2015 yilning sentabr oyidan ötgan yilning avgustigaça bölgan muddat davomida ijtimoiy nafaqa pullari asossiz ravişda tölanişiga yöl qöyib, davlat byudjyetiga zarar yetkazişgan ekan.
Mazkur MFYda 2016 yilning avgust-sentabr oylarida nazorat-taftiş idoralari tomonidan ötkazilgan maxsus tekşiruv jarayonida rais S.Mirzayev va uning kotibi L.Murodov tomonidan 11 ta holatda 14 yoşgaça bolalari bölgan oilalarga 7 mln. 611 ming söm, 3 ta holatda 2 yoşgaça bola tarbiyasi bilan band bölgani sababli işlamayotgan onalarga 9 mln. 210 ming söm, jami 16 mln. 821 ming söm miqdoridagi nafaqa puli notöğri ravişda tayinlanib, şundan 13 mln. 982 ming sömi tölab yuborilgani ma'lum böldi. Tekşiriş davomida kelgusida şunday asossiz va noqonuniy ravişda tölaşga tayyorlab qöyilgan yana 2 mln. 839 ming söm mablağ tölovdan töxtatib qöyildi. Öz işiga loqaydlik bilan yondaşgan MFY raisi S.Mirzayev va uning kotibi L.Murodov tegişli ravişda jazoga tortildi.
Albatta, uşbu holat kişini jiddiy mulohaza qilişga çorlaydi. Har bir MFY raisi özining xalq içida “mahalla oqsoqoli”, “mahalla otasi” kabi şarafli va muqaddas nomlar bilan atalişi hamda yuqoridagi kabi qonun buzarliklar uning nomiga mutlaqo mos kelmasligini çuqur his etişi şart.












