Rossiya tarkibiga kiruvçi Udmurtiston Respublikasining poytaxti hisoblanuvçi Ijyevsk şahrida 9 qavatli turar-joy binosining qulaşi oqibatida uç kişi halok böldi, 4 kişi, jumladan bir qutqaruvçi jarohat oldi. Bu haqda Udmurtiston soğliqni saqlaş vazirligi vakili ma'lum qildi.
“Ma'lumki, uç kişi halok bölgan. Ikki kişining jasadi tibbiy ekspertizalar byurosiga olib ketilgan, uçinçi jasad vayronalar ostidan çiqarib olinmoqda”, deb aytgan agentlik manbasi. Uning aytişiça, jarohatlanganlar 4 kişidan iborat: 2 ösmir, 55 yoşli ayol va qutqaruv işlari vaqtida jarohat olgan qutqaruvçi.
9 noyabrda binoning bir pod'yezdi 9 qavatdan 1 qavatgaça qulab tuşgan. 8 ta xonadon töliq vayron bölgan. Ularda 28 kişi yaşagan.
Vayronalar ostida yana odamlar qolayotgan bölişi mumkin. Ularni qidiriş işlari olib borilmoqda. Voqea joyida 400 ga yaqin odam va 100 ga yaqin texnika işlamoqda. Işlar töxtovsiz davom etadi, uyning qolgan qismi qançalik mustahkamligini aniqlaş maqsadida u “Struna” mobil majmuasi yordamida tekşiriladi va uning kelgusi taqdiri borasida qaror qabul qilinadi. Uydagi barça aholi evakuatsiya qilingan. Ular yaqin oradagi ikkita maktabda joylaştirilganlar.
Binoda hammasi bölib 6 ta pod'yezd bölgan. Uy 27 yil avval qurilgan va unda taxminan 550 kişi röyxatdan ötgan bölgan.
Guvohlarning aytişlariça, kuçli portlaş va uyning yuqori qavatlarida çaqnaş kuzatilgan. Söngra kuçli tutun tarqala boşlagan. Ularning fikriça, gaz portlagan.
Uşbu fojia yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan. Uyning qulaşiga maişiy gaz portlaşi sabab bölgani taxmin qilinmoqda. Respublika rahbari Aleksandr Breçalov uşbu hodisa bilan boğliq holda respublika böyiça favqulodda vaziyat tartibini kiritgan.











