Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Ijyevskdagi otishma ishi bo‘yicha birinchi hukm chiqarildi
2022 yil sentabrida Ijyevskdagi maktabda yuz bergan otishma natijasida 18 kishi halok bo‘lgan edi. Xususiy qo‘riqlash korxonasining sobiq direktori Aleksey Zlobin uch yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.
Rossiyada 2022 yil sentabrida 18 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Ijyevskdagi maktabda yuz bergan otishma bo‘yicha birinchi hukm chiqarildi. Ijyevskning Oktyabrsk tuman sudi 12 yanvar, juma kuni «SHCHit» xususiy qo‘riqlash korxonasining 52 yoshli sobiq direktori Aleksey Zlobinni uch yillik shartli qamoq jazosiga hukm qildi.
Udmurtiya sudlari qo‘shma matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Zlobin xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish va qalbaki to‘lov hujjatlarida aybdor deb topilgan. Sud xulosasiga ko‘ra, Zlobin maktabga kiraverishda to‘g‘ri kirish nazoratini ta’minlamagan, bu esa o‘quvchilar va xodimlar xavfsizligini xavf ostiga qo‘ygan. «Interfaks»ning aniqlik kiritishicha, u, jumladan, yoshi va sog‘lig‘i tufayli o‘z vazifalarini to‘liq bajara olmagan keksa qo‘riqchilarga ishlashga ruxsat bergan.
Zlobin 500 ming rubl o‘tkazish uchun to‘lov hujjatlarini qalbakilashtirishda ham aybdor deb topildi.
Zlobin aybini qisman tan oldi
Sud majlisida Aleksey Zlobin to‘lov hisobraqamlarini qalbakilashtirishda aybini tan oldi, lekin xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi ayblovni rad etdi. Sud qaror qabul qilishda yengillashtiruvchi holatlar sifatida Zlobinning voyaga yetmagan bolalari borligi, uning sog‘lig‘i va tergov bilan hamkorligini hisobga oldi.
Aleksey Zlobin 2022 yil 28 sentabrda - Ijyevsk maktabidagi otishmadan ikki kun o‘tib qo‘lga olingan. U uy qamog‘iga olindi, keyinchalik sud ehtiyot chorasini o‘zgartirib, ayrim harakatlarni taqiqladi.
Ijyevskdagi maktabda otishma
2022 yil 26 sentabr kuni Ijyevskdagi 88-sonli maktabning sobiq o‘quvchisi ta’lim muassasasiga kelib, o‘t ochgan. 18 kishi, jumladan, 11 bola halok bo‘ldi, yana 23 kishi, jumladan 22 bola yaralandi. Hujumdan keyin otishma uyushtirgan shaxs o‘z joniga qasd qildi.
O‘sha kuni Tergov qo‘mitasi hujumchining shaxsini aniqlab, u 1988 yilda tug‘ilgan Artem Kazansev ekanligini aytdi. Shot Telegram-kanali xabariga ko‘ra, uning kvartirasida tintuv o‘tkazilganda, u bir yildan ortiq vaqt davomida ommaviy qotillikka tayyorgarlik ko‘rgani haqida yozuvni topishgan. Qo‘shnilarining aytishicha, u psixonevrologiya dispanserida ro‘yxatda turgan.
Mavzuga oid
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
08:47 / 19.05.2026
San-Diyegodagi masjidda otishma: besh kishi halok bo‘ldi
09:26 / 05.05.2026